TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125328 2.46K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
BuxDUda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi
Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Buxoro viloyati IIB mas'ullari, Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, universitet rektor maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchisi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi, shuningdek, universitetning mas’ul xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tinchlik va osoyishtalikni asrash, yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

So‘zga chiqqanlar “Tinchlik – eng oliy ne’mat” g‘oyasining hayotimizdagi beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrash har bir fuqaroning muhim burchi ekanini qayd etdilar.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” tamoyili asosida yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish, ularda sog‘lom dunyoqarash hamda mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida turli yot va zararli g‘oyalar, ekstremistik qarashlar hamda axborot makonidagi tahdidlarga nisbatan hushyor va tanqidiy munosabatda bo‘lish, yoshlar ongida ma’rifat, kitobxonlik va sog‘lom fikrlash madaniyatini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 28, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik DAVLAT RAQAM BELGISINI YASHIRISH — QONUNBUZARLIK! Buxoro…
  2. Sep 28, 2026Kattalar o'rtasidagi viloyat kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi Buxoro davlat universiteti spo…
  3. Sep 28, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Romitan tumanida sodir etilgan jinoyat mahalla ahli ishti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →