“Umra” ziyoratini amalga oshirishda firibgarlardan ogoh boʻling!
Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yurtdoshlarimizning “Umra” ziyoratini noqonuniy tur firmalar orqali amalga oshirib, Saudiya Arabistonida muammolarga duch kelayotgani, safar davomida ziyorat amallarini toʻliq ado eta olmasdan aeroportlarda sarson boʻlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan, Buxoro viloyati IIB va Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Ishchi guruh” tomonidan fuqarolar bilan manzilli targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Buxoro xalqaro aeroportida boʻlib oʻtdi. Unda “Umra” ziyoratiga yoʻl olayotgan fuqarolarga noqonuniy, litsenziyaga ega boʻlmagan tur firmalarga ishonib aldanib qolmaslik, ularning xizmatlari toʻliq kafolatlanganligini inobatga olish zarurligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha fuqarolardan “Haj” va “Umra” safarlariga borish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga, “Umra” safariga xususiy sektor orqali borish istagida boʻlgan hollarda esa “umra” ziyoratini tashkil etish uchun maxsus litsenziyaga ega turfirmalarga murojaat qilishlarini, shartnoma va toʻlov hujjatlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirishlarini, shubhali shaxslarga ishonmasliklarini qatʼiy tavsiya etadi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube



