TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125207 3.31K
Sambo bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi"da Buxoro viloyati IIB jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi
2026-yilda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo'linmalari terma jamoalari o'rtasida sportning "Sambo" turi bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli sport tadbirida vazirlik tizimidagi turli jamoalar o'zaro kuch sinashdi.
Musobaqaning umumjamoa hisobidagi yakuniy natijalariga ko'ra g'oliblar quyidagicha taqsimlandi:

1-o'rinni Jazoni ijro etish departamenti jamoasi qo'lga kiritdi.
2-o'rinni Buxoro viloyati IIB jamoasi egalladi.
3-o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Toshkent shahri jamoalari bo'lib olishdi.

Ta'kidlash joizki, Buxoro viloyati IIB jamoasi a'zolari musobaqa davomida munosib ishtirok etib, jami 3 ta oltin va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Erishilgan ushbu yuqori natija uchun Buxoro viloyati jamoasi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi. Bu kabi sport musobaqalari xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlashga, shuningdek, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 27, 2026©️ "Milliy TV" telekanali "Millar" informatsion dasturi Og'uning og'ushiga cho'kkanlar. 🇺…
  2. Sep 26, 2026#LIVE Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi ARK qo‘rg‘oni yaqinida konsert dasturi bo'lib o't…
  3. Sep 26, 2026#LIVE Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi ARK qo‘rg‘oni yaqinida konsert dasturi bo'lib o't…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →