TGViewer
Channel Public Channel
BuxDU •БухГУ •BukhSU

BuxDU •БухГУ •BukhSU

@buxdu_uz

• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Subscribers
17.8K
Photos
87.6K
Videos
7.7K
Links
30.4K
Recent Posts 9 shown
Post #111956 31
#Ustozga_ehtirom

📘🇺🇿 USTOZGA EHTIROM — EZGU QADRIYAT

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi dotsenti Qodirova Zulfiya Kobilovna hamda Biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Gaffarova Saida Muhammadjanovna faxriy ustoz, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Qurbonboyeva Tursunoy Kurbanovnaning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Samimiy uchrashuv davomida ustozning holidan xabar olinib, kasb bayrami munosabati bilan tabriklar va ezgu tilaklar bildirildi. Ustozga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tilandi.

Ilm-fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yosh avlodga bilim va tarbiya bergan faxriy ustozlarni e’zozlash, ularning mehnatini qadrlash hamda boy tajribasidan bahramand bo‘lish ustoz-shogird an’analarining uzviy davomidir. Bunday tashriflar avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hurmat rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

💐 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimiz doimo yuksak!

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
Post #111955 92

Forwarded from Xavfsiz kibermakon

🚨 ЗУДЛИК БИЛАН БАРЧАГА ТАРҚАТИНГ!



⚠️ Фирибгарлар «APK Qo‘riqchi.apk» номи остида зарарли дастурни фуқароларга тарқатмоқда!

❌ Telegram орқали келган шу каби APK-файлларни асло очманг ва ўрнатманг!

📲 «APK Қўриқчи» иловасини фақат Play Market орқали юклаб олинг.

🔐 Огоҳ бўлинг ва яқинларингизни ҳам огоҳлантиринг!
Post #111947 124
❗️❗️❗️❗️❗️

“MAHORAT VA NAFOSAT” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI!

📘👍 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Aniq fanlar va intellektual muhandislik texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida talaba-qizlarning bilim, iste’dod, ijodkorlik va milliy qadriyatlarga hurmatini namoyon etishga qaratilgan “Mahorat va Nafosat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida o‘zaro bellashdilar:
🌿 1-shart — “Milliylik — faxrim!”
Milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish.
📚 2-shart — “Tarixga yuzlanib”
O‘zbekiston tarixi fanidan bilimlarni sinovdan o‘tkazish.
🌷 3-shart — “Ustozimga tilagim”
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga samimiy tilaklarni ijodiy tarzda ifoda etish.
🎨 4-shart — “Erkin mavzu”
talabalarning ijodiy mahorati va iste’dodini namoyon etish.


Tadbir davomida talabalar o‘zlarining bilim va mahorati bilan bir qatorda, ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorligini namoyon etishdi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
  • ❤ 1
Post #111946 899
✨✨✨✨✨

📘🇺🇿 USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

Yo'ldosheva Dilorom
Filologiya fanlari doktori, professor


🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
  • ❤ 5
  • 🥰 2
Post #111945 840

Forwarded from Edu.uz

#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Natija

❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik!

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.

Mazkur qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tish davrida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan hamda shu yerdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #111944 1.06K

Forwarded from Edu.uz

Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda
 
Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov nomidan turli shaxslarga sohta  xabarlar yuborilayotgani kuzatilmoqda.
 
Ushbu xabarlarni vazir yubormayotganini va va suratda koʻrsatilgan akkaunt vazirning shaxsiy Telegram akkaunti emasligini maʼlum qilamiz.
 
Shu munosabat bilan fuqarolardan bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, telefoniga kelgan kodlarni hech kimga yubormaslik yoki aytmaslik  hamda shaxsiy maʼlumotlar, hujjatlar yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik soʻraladi.
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga oid rasmiy maʼlumotlar vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi.
 
Feyk xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  • ❤ 1
Post #111943 1.09K
Audio
🎉🎉🎉🎉🎉

Xo'jaqulova Mushtariy
Filologiya fakulteti Jurnalistika yo'nalishi 1-bosqich talabasi


🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
  • ❤ 6
  • 🔥 4
  • 🥰 3
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 🎉 1
Post #111939 1.17K
👍👍👍👍👍👍👍

📘 BUXDU O‘QITUVCHISI ISPANIYADA PhD DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

Buxoro davlat universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlari o‘qituvchisi Nigina Fuzaylova Xakimovna Ispaniyaning Valensiya Politexnika Universitetida (Universitat Politècnica de València — UPV) PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

PhD dasturi: Biznes boshqaruvi va ma’muriyati
Dissertatsiya mavzusi: “Inqirozli vaziyatlarda barqarorlik va faoliyat samaradorligini belgilovchi omillar: O‘zbekiston mehmonxona va restoran biznesi misolida tadqiqot”

Ilmiy tadqiqot O‘zbekiston mehmonxona va restoran biznesi misolida inqirozli vaziyatlarda tashkilotlarning barqarorligini ta’minlash, faoliyat samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar hamda inqirozlarni boshqarish mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Dissertatsiya Prof. Fernando Castelló-Sirvent hamda Dr. Lourdes Canós-Darós ilmiy rahbarligida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari tashkiliy barqarorlik, inqirozlarni boshqarish va O‘zbekiston mehmondo‘stlik industriyasini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi ilmiy bilimlarni boyitish, shuningdek, soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: Universitat Politècnica de València (UPV) QS World University Rankings 2026 reytingida 422-o‘rinni egallab, dunyoning TOP-500 universitetlari qatoridan joy olgan.


Nigina Fuzaylovani ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi izlanishlar, yuksak natijalar va xalqaro ilmiy maydonda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
  • 👏 11
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @buxdu_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for BuxDU •БухГУ •BukhSU: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does BuxDU •БухГУ •BukhSU have?
BuxDU •БухГУ •BukhSU (@buxdu_uz) has 17.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does BuxDU •БухГУ •BukhSU know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →