TGViewer
Channel Public Channel
Buxoro viloyati hokimligi

Buxoro viloyati hokimligi

@buxorouz_official

Instagram: https://instagram.com/zaripovrasmiy
Facebook: https://facebook.com/zaripovrasmiy
Murojaat: @buxorouzmurojaatbot
Veb-sayt: https://gov.uz/buxoro

Manzil: Buxoro sh., Yangi Buxoro koʻchasi, 1.
Bogʻlanish: (+998) 65-222-22-22.
Subscribers
29K
Photos
146K
Videos
14.5K
Links
50.1K
Recent Posts 5 shown
Post #183886 1.26K
⚡️Ertaga, 2-oktabr (juma) kuni viloyat hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikovaning shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.

⬇️Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid taklif va murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqiladi.

➡️Sana: 2-oktabr;
➡️Vaqti: soat 15:00 – 17:00 gacha;
➡️Manzil: Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi binosi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
Post #183885 1.41K
Ustozlik — mashaqqatli, ayni paytda sharafli kasb. Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish va katta if jamoani boshqarish ikki karra mas’uliyat talab etadi.

24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Madamin Aslonov ana shunday fidoyi pedagoglardan biridir. U ko‘p yillik faoliyati davomida o‘quvchilar ta’limi va tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Yaqinda Madamin Aslonov Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi. Bu yutuq uning kasbiga sadoqati, ilmiy izlanishlari va pedagogik faoliyatining munosib natijasidir.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
Post #183875 1.8K
🔵Sayyohlar gavjum, Buxoro yana o‘zining betakror jozibasini namoyon etmoqda

Qadimiy Buxoro yana xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga chorlamoqda. Kuz faslining iliq va moʻtadil kunlarida shaharning tarixiy ko‘chalari, qadimiy obidalari va sayyohlik maskanlarida gavjumlik yaqqol sezilmoqda.

Ayni kunlarda BuxorogaAQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Turkiya, Xitoy, Indoneziya va Malayziya kabi mamlakatlardan xorijiy sayyohlar kelmoqda. Ular ko‘hna shaharning asrlar davomida shakllangan boy tarixi, noyob me’moriy qiyofasi, milliy qadriyatlari va madaniy merosi bilan yaqindan tanishmoqda.

Sayyohlar uchun Buxoroning har bir ko‘chasi va har bir me’moriy yodgorligi alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, Poyi Kalon majmuasi, Ark qal’asi, Labi Hovuz majmuasi, “Yetti pir” ziyoratgohlari, qadimiy hunarmandchilik markazlari hamda yangi tashkil etilgan turistik lokatsiyalar mehmonlarning eng ko‘p tashrif buyurayotgan manzillari sirasiga kiradi.

Buxoroga kelayotgan sayyohlar nafaqat tarixiy obidalarni tomosha qilmoqda, balki mahalliy aholining turmush tarzi, milliy urf-odatlari va an’analari bilan ham yaqindan tanishmoqda. Ayniqsa, kulolchilik, zargarlik, kashtachilik, misgarlik, gilamdo‘zlik kabi an’anaviy hunarmandchilik turlari xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Milliy gastronomiya ham Buxoroga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun o‘ziga xos taassurot manbai bo‘lmoqda. Mehmonlar palov, somsa, sho‘rva va boshqa milliy taomlardan tatib ko‘rish barobarida, ularni tayyorlash jarayoni bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Kuzning yoqimli va moʻtadil ob-havosi esa sayyohlarga shahar bo‘ylab bemalol sayr qilish, tarixiy obidalarni tomosha qilish, qadimiy ko‘chalar muhitini his etish va Buxoroning o‘ziga xos jozibasidan bahramand bo‘lish uchun yanada qulay sharoit yaratmoqda.

Bugungi kunda Buxoro nafaqat O‘zbekistonning, balki Markaziy Osiyoning eng qiziqarli turistik manzillaridan biri sifatida xorijiy mehmonlar e’tiborini jalb etmoqda. Qadimiy shaharning boy tarixi, betakror me’morchiligi, milliy madaniyati va mehmondo‘st xalqi sayyohlarga unutilmas taassurot bag‘ishlamoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
Post #183858 2.15K
🔵Buxoroda 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan e'htirom ko'rsatildi

📸 Tohir Istatov olgan suratlar

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 7
Older posts →

About this channel

How can I read @buxorouz_official without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Buxoro viloyati hokimligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Buxoro viloyati hokimligi have?
Buxoro viloyati hokimligi (@buxorouz_official) has 29K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Buxoro viloyati hokimligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →