TGViewer
Channel Public Channel
💎BuxDU Tanlovlar, Klub va to'garaklar faoliyati

💎BuxDU Tanlovlar, Klub va to'garaklar faoliyati

@buxdu_tanlovlar

BuxDU Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektorning rasmiy kanali

Murojaat qilish uchun:
@axmedovanodira
Subscribers
1.81K
Photos
2.9K
Videos
431
Links
1.2K
Recent Posts 10 shown
Post #3970 184

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

#Live

Ayni vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til bilimdonlari” hamda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating:

📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram
  • 🔥 1
Post #3960 264

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

🔺“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!

🏛 O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi Toshkent davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tkazildi.

102 ming nafardan ortiq talaba-yoshni qamrab olgan tanlovning hal qiluvchi bosqichida hududiy saralashlarda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 45 nafar eng bilimdon ishtirokchi o‘zaro bellashdi.

✍️ Finalchilar diktant, test sinovlari va insho yozish shartlari orqali o‘zbek tili bo‘yicha bilim va savodxonliklarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar 50 ta ochiq va yopiq test savollariga javob berib, “Ijtimoiy tarmoqlar va ona tili: savodxonlik muammolari” mavzusida insho yozdilar. 102 ming nafardan ortiq talaba-yoshni qamrab olgan tanlovning hal qiluvchi bosqichida hududiy saralashlarda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 45 nafar eng bilimdon ishtirokchi o‘zaro bellashdi. Tanlov shartlari yakunida ishtirokchilarning savol va e’tirozlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tushuntirishlar berildi.


🔹 Shuningdek, final bosqichining xolis va adolatli baholanishiga munosib hissa qo‘shgan Hakamlar hay’ati a’zolariga Markaz direktori Abdumalik Akramov tomonidan Ta’lim va ilm-fan vazirining tashakkurnomalari topshirildi.

🏆 Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinib, munosib rag‘batlantiriladi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • 🔥 1
Post #3959 317
📢 E’LON!
🇺🇿 BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABA-YOSHLARI DIQQATIGA!
O‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, talaba-yoshlarning til bilimlari, ijodiy tafakkuri va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
✍️ “O‘ZBEK TILIDA YOZILGAN ENG YAXSHI INSHO VA ESSE” tanlovi
🗓 2026-yil 16-oktabr kuni
, soat 10.00da Bosh bino 1-etaj
📍ENG YAXSHI INSHO- 101-xona

📍“O‘ZBEK TILIDA YOZILGAN ENG YAXSHI ESSE-102 xona
Post #3958 314
📢 E’LON!
🇺🇿 BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABA-YOSHLARI DIQQATIGA!
O‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, talaba-yoshlarning til bilimlari, ijodiy tafakkuri va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
🏆 “O‘ZBEK TILI BILIMDONI” tanlovi
🗓 2026-yil 16-oktabr kuni
📍BuxDU 4-o'quv bino 2-etaj 205-xona TEST markaz
1 smena 9.00dan - 11.00 gacha

2 smena 14.00dan-16.00gacha
Post #3957 420
🇺🇿Til bilimdonlari respublika tanlovining hududiy bosquchida faxrli o'rinlarni egallagan talabalarimiz
✅Samadova Dilfuza - Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranti va

✅ Shoyimov Sardor - Yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi
Filologiya fakulteti tyutori
✅Raxmonova Dilbar Nurmaxmatovna mas'ulligida

✨"Til bilimdonlari" respublika tanlovining final bosqichida ishtirok etdilar.

💥Talabalarimizga omad tilab qolamiz.
  • 🎉 4
  • ❤ 3
  • 🔥 3
Post #3956 365

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

🇺🇿 Respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi!

🏛16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” hamda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovlari hamda yana bir qator tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

🌍 Tadbirning o‘ziga xos jihati – “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining yakuniy sharti doirasida O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘zbek tilida sahnaviy-badiiy chiqishlar namoyish etadilar.
Shuningdek, marosim davomida respublika tanlovlari g‘oliblariga diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshiriladi.

📍Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zali.
🗓Sana va vaqt: 16-oktabr, soat 10:00.

Barcha OAV vakillari, talaba-yoshlar va keng jamoatchilikni mazkur tantanali marosimga taklif etamiz!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 1
Post #3953 375
🧵 “MOHIR QO‘LLAR” TO‘GARAGI FAOLIYATI

Joriy yilning 14-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Sport va san’at fakulteti tyutori X.Y. Nazarova rahbarligida “Mohir qo‘llar” to‘garagi bo‘lib o‘tdi.

To‘garakda 1- va 2-bosqich talabalari faol ishtirok etib, tikuvchilik sirlarini o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldilar.

🪡 Bunday mashg‘ulotlar talaba-qizlarning hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.
  • 😢 1
Post #3952 262

Forwarded from BuxDU •БухГУ •BukhSU

#sayyor_qabul

📘Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov sayyor qabul oʻtkazadi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash ularni bartaraf etish yuzasidan joriy yilning 16-oktyabr (juma) kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir MFY, Alpomish ko'chasi 1-uyda joylashgan Buxoro davlat universitetining Filologiya fakulteti o'quv binosida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovning sayyor qabuli tashkil etiladi.

📍Joylashuv

☎️Bog‘lanish uchun +998 90 745 04 96

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
  • ❤ 1
  • 🤯 1
Post #3951 593
📢✨ DIQQAT, E’LON!

📚 TALABALAR TURAR JOYIDA BEPUL INGLIZ TILI TO‘GARAGI!

🎓 Buxoro davlat universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

🌟 Talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar turar joyida BEPUL ingliz tili to‘garagi tashkil etildi!

📖 To‘garak mashg‘ulotlarida siz:
🔹Ingliz tilida erkin muloqot qilishni o‘rganasiz;
🔹 So‘zlashuv va talaffuz ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
🔹 Yangi so‘zlar va iboralarni o‘zlashtirasiz;
🔹 Xorijiy tillar bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlaysiz;
🔹 Yangi do‘stlar orttirib, bilimlaringizni amaliyotda sinab ko‘rasiz!

💯 ENG MUHIMI — MASHG‘ULOTLAR BEPUL!

📍 Manzil: BuxDU talabalar turar joyi.

🌈 Aziz talabalar! Ingliz tilini o‘rganish, bilimlaringizni oshirish va yangi imkoniyatlar sari intilish uchun ayni fursat!
Murojaat uchun: https://t.me/Dildora_sulaymonova

🚀 Biz bilan birga o‘rganing, rivojlaning va kelаjak saridadil qadam tashlang! 🇬🇧
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 😱 1
Older posts →

About this channel

How can I read @buxdu_tanlovlar without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for 💎BuxDU Tanlovlar, Klub va to'garaklar faoliyati: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does 💎BuxDU Tanlovlar, Klub va to'garaklar faoliyati have?
💎BuxDU Tanlovlar, Klub va to'garaklar faoliyati (@buxdu_tanlovlar) has 1.81K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does 💎BuxDU Tanlovlar, Klub va to'garaklar faoliyati know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →