🏗 OLIS HUDUDDA HAM BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY SHAROIT!
🎉 Xo‘jamazgil mahallasida bolalar maydonchasi va workout hududi foydalanishga topshirildi!
📍 Bulung‘ur tumanining olis hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida bolajonlar uchun quvonchli voqea yuz berdi. Bu yerda zamonaviy bolalar maydonchasi hamda yoshlar uchun workout maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
💰 Mazkur loyiha Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan ajratilgan 90 million so‘m evaziga amalga oshirildi.
🌿 Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — tumanning barcha hududlarida, jumladan, olis mahallalarda ham munosib sharoitlar yaratish, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdan iborat.
❤️ Yangi maydonchalar, ayniqsa, jajji bolajonlarga cheksiz quvonch ulashdi. Endilikda ular tengdoshlari bilan birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish, o‘ynash va chiniqish imkoniyatiga ega.
✨ Zero, bolalar kulgusi, yoshlar salomatligi va obod mahallalar — farovon kelajagimiz poydevoridir!
Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Post #48675
2.67K