TGViewer
Bulung'ur.uz Bulung'ur.uz @bulungur_press · 11.4K subscribers
Post #48672 5.27K
🌿 BULUNG‘URDA “ECOBOZOR” O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI!

📍 Mingchinor mahallasida yangi savdo maskani ish boshladi.

Bugun, 16-oktabr kuni Bulung‘ur tumani Mingchinor mahallasi hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish va xarid qilish uchun qulay imkoniyat yaratadigan “Ecobozor”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎉 Tadbirda Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov ishtirok etib, yangi savdo maskanining ish boshlagani bilan yig‘ilganlarni tabrikladi. Shuningdek, ushbu tashabbus aholi uchun qulaylik yaratish, mahalliy dehqon va fermerlarning mahsulotlarini keng iste’molchilarga yetkazish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

🍎 Endilikda “Ecobozor” orqali aholi yangi uzilgan meva-sabzavotlar, qovun-tarvuz, turli poliz ekinlari va quruq mevalarni bir manzildan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🌱 “Ecobozor” — dehqon mehnati, sara hosil va aholi uchun qulay savdo maskani!

🤝 Yangi savdo maskani Mingchinor mahallasi va tumanimiz iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallab, ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga tilakdoshmiz.

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
  • 👍 9
  • ❤ 3
More from @bulungur_press
  1. Oct 17, 2026Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun hamda yaylovlar, pichanzorlar va lalmi toi…
  2. Oct 17, 2026🏗 OLIS HUDUDDA HAM BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY SHAROIT! 🎉 Xo‘jamazgil mahallasida bolalar…
  3. Oct 16, 2026🗣 TUMAN HOKIMI O‘RINBOSARI NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI Fuqarolarning murojaatl…
  4. Oct 15, 2026BRIFING Assalomu alaykum, hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, qadrli yurtdoshla…
  5. Oct 15, 2026🏛 SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA 📍 Bulung‘ur tumanida navbatdagi say…
  6. Oct 15, 2026🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilis…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →