TGViewer
Bulung'ur.uz Bulung'ur.uz @bulungur_press · 11.4K subscribers
Post #48671 12.7K
BRIFING

Assalomu alaykum, hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, qadrli yurtdoshlar!

Bugun, 15-oktyabrdan mamlakatimizda muhim statistik tadbir — biznesni ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentyabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-oktyabridan 30-noyabriga qadar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi.


Avvalo, biznesni ro‘yxatga olish nima va uning natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qanday foyda keltiradi, degan savollarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Bugun yurtimizda minglab korxonalar, tadbirkorlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar turli sohalarda faoliyat yuritmoqda.


Ularning har biri iqtisodiyotimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, aholini ish bilan ta'minlamoqda.
Lekin iqtisodiyotni to‘g‘ri baholash va kelgusida uni yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish uchun ushbu faoliyatlar haqida to‘liq va ishonchli ma'lumotlar bo‘lishi zarur. Biznesni ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi ham aynan shundan iborat.

Ya'ni mamlakatimizda amalda qancha iqtisodiy birlik faoliyat yuritayotgani, qaysi sohalarda ishlayotgani, qancha fuqaroni ish bilan ta'minlayotgani va iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shayotganini aniqlashdir.
Oddiy bir misol keltiraman. Aytaylik, bir hududda aholi soni ortib bormoqda. Lekin u yerda qancha savdo korxonasi, ishlab chiqarish ob'ekti yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasi borligi haqida to‘liq ma'lumot mavjud emas.


Bunday sharoitda qaerda yangi korxona ochish, qaysi sohani rivojlantirish, qaysi tarmoqqa investisiya yo‘naltirish yoki qanday infratuzilma yaratish zarurligini aniq belgilash qiyin.
 
Endi ushbu tadbirda kimlar ishtirok etishi va ro‘yxatga olish qanday tartibda amalga oshirilishi haqida ma'lumot bermoqchiman.

👉 BATAFSIL

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
  • ❤ 3
  • 👍 1
More from @bulungur_press
  1. Oct 17, 2026Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun hamda yaylovlar, pichanzorlar va lalmi toi…
  2. Oct 17, 2026🏗 OLIS HUDUDDA HAM BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY SHAROIT! 🎉 Xo‘jamazgil mahallasida bolalar…
  3. Oct 16, 2026🗣 TUMAN HOKIMI O‘RINBOSARI NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI Fuqarolarning murojaatl…
  4. Oct 16, 2026🌿 BULUNG‘URDA “ECOBOZOR” O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI! 📍 Mingchinor mahallasida yangi savdo…
  5. Oct 15, 2026🏛 SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA 📍 Bulung‘ur tumanida navbatdagi say…
  6. Oct 15, 2026🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilis…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →