#SoglomTurmush #SportKuniDoirasida
Sport – sog‘lom hayotning ajralmas qismi!
🎥 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan sport tadbirlari ertalabdan yuqori ruhda boshlandi.
☄️ Ertalabki mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar turli badantarbiya mashqlarini bajarib, sport o‘yinlarida faol qatnashdilar. Mashg‘ulotlar jarayonida chaqqonlik, jismoniy faollik, sog‘lom raqobat va jamoaviy ruh yaqqol namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, sport o‘yinlari ishtirokchilarni yagona maqsad atrofida birlashtirib, o‘zaro hamjihatlik, do‘stona munosabat va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
💪 Bunday jismoniy faollik tadbirlari nafaqat salomatlikni mustahkamlash, balki jamoada birdamlikni kuchaytirish, faol hayot tarzini shakllantirish hamda kun davomida samarali mehnat va ta’lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan ijobiy ruhiy muhitni yaratishga ham xizmat qilmoqda.
🏃♀️ Ertalabki sport mashg‘ulotlari ishtirokchilarga nafaqat jismoniy tetiklik, balki ko‘tarinki kayfiyat, ijobiy ruh va kun davomida samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kuch-g‘ayrat bag‘ishlamoqda.
👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram









