TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.43K subscribers
Post #61319 984
#TalabalarAmaliyoti #Ta’limSifati

Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutida talabalar amaliyoti rahbarlari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda


👍 Uchrashuvda institut nomidan O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Davronov Nurzod Ismoilovich hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Usmonova Mubashira Suvonovna ishtirok etib, amaliyot rahbarlari bilan talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, mavjud vazifalar ijrosini ta’minlash va hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.

✅ Muloqot davomida Career.edu.uz platformasidagi ishlar holati, talabalar amaliyotini takomillashtirish hamda amaliyot jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni samarali hal etish yuzasidan fikr almashilmoqda.Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, dars jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

➡️ Uchrashuv yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, talabalar amaliyoti ustidan nazoratni kuchaytirish hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.Mazkur uchrashuv talabalar amaliyoti sifatini oshirish, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va kelajakda malakali pedagog kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 3
  • 🥰 1
More from @bukhspi
  1. Oct 17, 2026🔴🟥🟥 🟥🟥🟥 Buxoro davlat pedagogika institutida kun davlat madhiyasi bilan boshlandi 🇺…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →