TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.44K subscribers
Post #60925 1.14K
🔴🟥🟥 🟥🟥🟥

BuxDPIda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv


🎥 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Ma’rifat va ijod uchrashuvi” tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyotga mehrini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish hamda ularda milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

✅ Uchrashuvda taniqli ijodkorlar — Sirojiddin Rauf, Zikrillo Nemat hamda Najmiddin Turon (Ermatov) ishtirok etib, o‘zlarining hayotiy tajribalari, ijodiy izlanishlari va adabiyot olamidagi faoliyatlari haqida so‘z yuritdilar.

➡️ Samimiy muloqot davomida ijodkorlar yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishga, mutolaa orqali dunyoqarashini kengaytirishga, ezgu maqsadlar sari intilishga va o‘z iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga undadilar. Jaranglagan she’rlar, hayotiy mulohazalar va adabiyot haqidagi fikrlar uchrashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.Kitob — tafakkur manbai, adabiyot esa inson qalbini tarbiyalaydigan ma’naviyat maktabidir. Shu ma’noda, bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy kamolotida, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va faol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✨ BuxDPIda amalga oshirilayotgan bunday ma’rifiy tashabbuslar talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 2
  • ❤ 1
More from @bukhspi
  1. Oct 13, 2026Buxoroda Ozarbayjonshunoslik markazi o‘z faoliyatini boshladi Buxoro shahrida o‘tkazilayot…
  2. Oct 13, 2026#besh_tashabbus “Ma’rifat ulashib”: adiblar talabalar turar joyidagi tashabbuslar bilan ta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →