#Tanlov
“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanloviga marhamat!
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, tarixiy tafakkurni yuksaltirish, ajdodlar merosiga hurmat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🎓 Tanlovda institutning barcha fakultetlari talabalari 10 nafargacha ishtirokchidan iborat jamoalar bilan qatnashishlari mumkin. (Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari bundan mustasno.)
🏆 Tanlov 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1️⃣ “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar” — milliy merosimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizni namoyon etish.
2️⃣ “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” — milliy san’atimiz va musiqiy merosimizni ijodiy chiqishlar orqali tarannum etish.
3️⃣ “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” — millat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid bobolarimizning hayoti, ma’rifiy faoliyati va boy merosini yoritish.
🗓 Sana: 28-oktabr, 2026-yil
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: Bosh bino faollar zali
📣 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetlaridagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
➡️ Tanlov nizomi bilan
Milliy qadriyatlarimiz — ma’naviy boyligimiz, tariximiz esa kelajagimiz poydevoridir!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #60759
2.12K

- ❤ 4
- 👍 2
- 🔥 1
- 😍 1