#BeshTashabbusOlimpiadasi
❤️❤️❤️❤️
“Besh tashabbus olimpiadasi”: harbiy ta’lim fakultetida sport bellashuvlari!
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda talabalarning jismoniy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Harbiy ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida guruhlararo fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏃♂️ Musobaqalar yengil atletika, futbol, basketbol, voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha tashkil etildi. Har bir sport turi doirasida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, tezkorligi, texnik mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
⚽️ Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqalarda jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati hamda jamoaviy hamjihatlikni namoyish etdilar. Ayniqsa, futbol, basketbol va voleybol bahslarida o‘zaro hamkorlik va jamoaviy harakatlar muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yengil atletika va stol tennisi musobaqalarida ishtirokchilarning tezkorligi, aniqligi va individual mahorati sinovdan o‘tdi.
Sport — salomatlik, iroda va birdamlik timsoli!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #60781
1.14K










- ❤ 2