“Zulfiyaxonim qizlari” klubi faoliyatini boshladi!
👍 Buxoro davlat pedagogika institutining iqtidorli va iste’dodli talaba-qizlari diqqatiga!
Institutda talaba-qizlarning intellektual, ilmiy, ijodiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda yangi yutuqlar sari yo‘naltirish maqsadida “Zulfiyaxonim qizlari” klubi o‘z faoliyatini boshladi.
🌟 Klubning asosiy maqsadi — iqtidorli va istiqbolli talaba-qizlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talab va mezonlari asosida munosib nomzodlarni bosqichma-bosqich tayyorlashdan iborat.
📚 Klub mashg‘ulotlariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Prezident davlat stipendiyasi va Navoiy davlat stipendiyasi sohibasi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.Pulatova rahbarlik qiladi.
✉️ A’zolik uchun murojaat: @MTPulatova
Iste’dodingizni kashf eting, bilimingizni rivojlantiring va yutuqlar sari dadil qadam tashlang!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #60758
1.23K

- 🥰 3
- ❤ 2
- 🔥 2
- 👏 1