TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.44K subscribers
Post #60747 1.53K
#Ma’rifat_ulashib

BuxDPIda “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkaziladi

👍 Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning badiiy savodxonligi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, qalbida vatanparvarlik hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi tashkil etiladi.

🌟 Loyiha doirasida taniqli adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy suhbatlar va ma’rifiy muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvlar talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijod ahli bilan yaqindan muloqot qilishlari uchun imkoniyat yaratadi.

➡️ Loyihada quyidagi taniqli ijodkorlar ishtirok etadi:
🤩 Sirojiddin Rauf — “Shuhrat” medali sohibi, “Oltin qalam” va “E’tirof” tanlovlari sovrindori, “Ahmad Yassaviy” medali sohibi, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri, shoir.
🤩 Zikrillo Nemat — “Do‘stlik” ordeni sohibi, “A’lo xizmatlari uchun”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”, “Ichki ishlar organlarining faol faxriy xodimi” hamda “I darajali Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari sohibi.
🤩 Najmiddin Turon (Ermatov) — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir.

🗓 Sana: 2026-yil 13-oktabr
📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti


Kitob — ma’rifat manbai, adabiyot esa qalblarni ezgulikka chorlovchi ma’naviy kuchdir. “Ma’rifat ulashib” loyihasi yoshlar qalbida mutolaaga muhabbat uyg‘otish, ularning ma’naviy olamini boyitish va kitobxon avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
  • ❤ 3
  • ⚡ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
More from @bukhspi
  1. Oct 12, 2026#BeshTashabbusOlimpiadasi 👍 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Harbiy ta’lim fakultetida sport…
  2. Oct 12, 2026#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️ “Besh tashabbus olimpiadasi”: harbiy ta’lim fakultetida…
  3. Oct 12, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →