TGViewer
Boshqaruv samaradorligi agentligi Boshqaruv samaradorligi agentligi @bsa_uz · 70.2K subscribers
Post #20363 10.6K
“Rahbar ayollar” ta’lim dasturining yangi mavsumi boshlandi

“Rahbar ayollar” ta’lim dasturining 2026-yilgi mavsumiga start berildi. Dastur doirasida istiqbolli va yuqori salohiyatga ega xotin-qizlarni rahbarlik faoliyatiga tayyorlashning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–87 va PF–78-son Farmonlari ijrosi doirasida tashabbuskor, istiqbolli va yuqori salohiyatga ega xotin-qizlarning zamonaviy rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni davlat xizmatiga tayyorlash hamda professional salohiyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan 250 nafardan ziyod nomzod orasidan saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 50 nafar eng salohiyatli xotin-qiz dastur tinglovchisi sifatida tanlab olindi.

Ta’lim dasturi davomida tinglovchilar Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida zamonaviy boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladi, vazirlik va idoralarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida amaliy stajirovka o‘taydi, xorijiy tajribani o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda yakunda loyiha ishlarini himoya qiladi.


Tadbir doirasida ushbu dasturning o‘tgan yillardagi natijalari taqdim etildi, bitiruvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, “Asrlar ko‘zgusida ayol rahbarlar siymosi”, “Davrlar ko‘zgusida rahbar ayol imiji” va “Innovatsion g‘oyalar sohibalari” mavzularidagi ko‘rgazmalar namoyish etildi.

“Rahbar ayollar” dasturi davlat boshqaruvi tizimi uchun zamonaviy bilim va yetakchilik kompetensiyalariga ega malakali ayol rahbarlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
More from @bsa_uz
  1. Sep 24, 2026Sanoat o‘sishi bilan energiyaga talab ham ortib borayotgani, viloyatdan o‘tgan daryo va ka…
  2. Sep 24, 2026Andijonni Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish vazifasi qo‘yild…
  3. Sep 24, 2026Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belg…
  4. Sep 24, 2026Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kir…
  5. Sep 24, 2026Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yi…
  6. Sep 24, 2026Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →