TGViewer
Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿 Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿 @bsa_fergana · 14.2K subscribers
Post #12701 636

Forwarded from Farg'ona viloyati hokimligi

🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun imzolanganini ta’kidlab, shunday dedi:

“Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart”.


❗️Qonun bilan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.

Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, ularning kimligidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun jazoni yengillashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @bsa_fergana
  1. Oct 15, 2026Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u…
  2. Oct 15, 2026“MyDX” mobil ilovasi — davlat xizmatchisining raqamli hamrohi Ilova orqali davlat xizmatch…
  3. Oct 15, 2026Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Bokuda uchrashdilar. — Президенты Узбекистана и Аз…
  4. Oct 15, 2026#KUN_TARIXI 15 - OKTYABR ◽️1993-yil Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va hamdoʻstlik ishlari b…
  5. Oct 14, 2026Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo…
  6. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →