Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordik.
Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bunday ilg‘or amaliyot o‘zaro hamkorlik uchun keng yo‘l ochadi. Tashrif davomida ta’lim maskanlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldik.
Ta’lim sohasi — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi doʻstona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi.
—
В Стамбуле вместе с Неджмеддином Билалом Эрдоганом посетила университет Ибн Халдуна и школу Yenidogu.
Было интересно познакомиться с их образовательными подходами. Здесь уделяют внимание качеству знаний, развитию способностей молодых людей и формированию самостоятельного мышления.
Этот опыт открывает возможности для совместной работы. Во время визита договорились расширять сотрудничество между нашими учебными заведениями, обмениваться опытом и создавать новые возможности для школьников, студентов и преподавателей.
Образование — важная часть близких отношений между Узбекистаном и Турцией. Наше сотрудничество в этой сфере помогает молодым людям учиться, развиваться и лучше узнавать друг друга.
Post #12720
689
Forwarded from Saida Mirziyoyeva






