TGViewer
Channel Public Channel
Brogrammist

Brogrammist

@brogrammist

Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Konsultatsiya: https://connected.uz/x/DiyorbekSadullaev

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Subscribers
1.22K
Photos
132
Videos
15
Links
133

Showing posts older than #304 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #296 2.39K
Xo'sh. Ba'zi foto videolar bor ekanu, o'zim yo'q ekan. 😄

Pinterest Warsaw office dan havolalar:

Men asosan o'tiradigan burchak.
Tashqaridagi manzara.
Jamoadoshim Elena bilan foto.
Play room va h.k.z.

😬😬😬
  • 👍 29
  • 🔥 12
  • 🎉 3
Post #294 2.07K
Pinterest bilan xayrlashdik

It was a good ride. 🥲
  • 🤯 30
  • 🤔 10
  • 🎉 10
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #292 2.22K
HTML/CSS ga qo'shilayotgan yangi imkoniyatlar haqida. Bu yangi xususiyatlar bilan ancha muncha JS va CSS kodlarni o'chirib tashlasak bo'ladi endi.
Qo'shimcha kutubxonalar ishlatishga ham hojat qolmaydi, chunki hammasi bruzerda bor!

https://youtu.be/VTCIStB6y8s?si=QPiPC2ZsAt1T73j_
YouTube What's new in web UI Prepare to be dazzled by a symphony of fluidity, dynamism, and expressive power as we unveil the next generation of web UI. It’s a world where user experiences transcend the ordinary and developers become true visual orchestrators. Discover how you can turn…
  • 👍 16
Post #291 2.44K
Deno bilan native desktop dastur yasash

Yangi yil oldi bo'sh vaqtim ko'p bo'ldi. Shu sabab Deno v2 chiqqanidan beri o'ylab yurgan bir tajribani qilib ko'rdim.

Deno yozgan skriptingizni native binary (.exe) ga kompilyasiya qilib bera oladi. O'ylab qoldim, demak Denoda UI app qilsak, uni ham .exe faylga osongina kompilyatsiya qilib beridimi? Axir bu juda ajoyibku dedim. Lekin muammo shuki, Denoda UI library yo'q! 🤔

Ammo FFI imkoniyati bor!
(Foreign Function Interface)

Shu orqali C/C++, Rust, Go kabi tillarda yozilgan DLL kutubxonalarni ishlatish mumkin.💡

Soddaroq, lekin komponentlarga boy bo'lgan C++ kutubxona tanladim - TGUI.
SFML ustiga qurilgan, API juda yaxshi.
Unga ba'zi o'zgartirishlar kiritgan holda Windows va OSX ga DLL tayyorladim. Deno FFI bilan C++ funksiyalarni JS ga ulab chiqdim. Voilà! 🎉

Anchagina metaprogramming qilib, chidasa bo'ladigan API qildim. Mana natija:

https://github.com/diyorbek/tgui.js
GitHub GitHub - diyorbek/tgui.js: Build native desktop applications with Deno. JS binding for TGUI Build native desktop applications with Deno. JS binding for TGUI - diyorbek/tgui.js
  • 🔥 12
  • 👍 6
  • 👏 1
Post #289 1.74K
Kod yozganda shunqa "tozalash" ishlarini qilishni yoqtiraman.

React bilan ishlaganda iloji boricha mantiqiy ifodalarni JSXdan ajratish kerak. Shunda kod ancha "o'qishli" va toza chiqadi.

Bu ideal kod emas, ammo hech bo'lmasa shunday "best practice"larni doim ishlatish kerak.
  • 👍 31
  • 🔥 4
Post #286 2.53K
Brogrammist Eng birinchi ish suhbatimni yaxshi eslayman. 7-8 oylik tajribam bilan middle frontend pozitsiyaga rezyume topshirgandim. Rezyumeni rosa bo'rttirib yozib tashlaganman: - Tajriba 2 yil - ES6+, Node.js - CSS3, HTML5 - MySQL, PHP,... 😬 Intervyuga kirganimda…
Shuni ayting. Ehh...
  • 😁 11
  • 👍 1
Post #285 2.62K
Brogrammist Eng birinchi ish suhbatimni yaxshi eslayman. 7-8 oylik tajribam bilan middle frontend pozitsiyaga rezyume topshirgandim. Rezyumeni rosa bo'rttirib yozib tashlaganman: - Tajriba 2 yil - ES6+, Node.js - CSS3, HTML5 - MySQL, PHP,... 😬 Intervyuga kirganimda…
O'sha kuni suhbatdan chiqib, bekatda avtobus kutib o'tirar ekanman, qanchalik bilimsiz va tajribasiz ekanimni anglaganman. Chunki shu paytgacha o'rganganlarim ko'p, ko'p narsa qo'limdan keladi deb yurardim.

Lekin taslim bo'lishni xohlamadim. Chunki haqiqatga tik qarash kerakligini bilardim. O'sha kuniyoq menga berilgan har bir savolni javobini o'rganishga tushdim. Wikipedia, har xil maqolalar, video darsliklardan rezyumedagi yolg'onlarni chinga aylantirishga tushdim. Rezyumeyimni sal kamtarroq holatga ham keltirib oldim. Orada 5-6 marta boshqa suhbatlarda bo'ldim. Garchi suhbatlarda endi yaxshiroq javob berolsamda, tajribam hali ko'p emasligi uchun ishga olishmasdi.

Shu sabab qo'shimcha loyihalar, iloji boricha murakkabroq bo'lgan web dasturlar yaratishga bel bog'laganman. Ulardan biri MusicSpider, Chrome uchun musiqa pleyer dastur edi. 1 kunda, Garage48 hakatonida yasalgan va bizga 2-o'rinni olib bergan loyiha.

Birinchi suhbatimdan keyin tahminan 5-6 oy o'tgachgina eng birinchi ishimni topganman. Reactni u paytlari endi o'rganishni boshlagandim. Ishim esa React Native'da ishlash edi😬. 2 kun dokumentatsiya o'qib, ertasi mobil ilova qurishga tushib ketganman. Ana shunaqa🙂
  • 👍 41
  • 🔥 9
  • 😁 3
  • 🤔 1
Post #284 2.21K
Umar Sadullayev | Blog Intervyuda yolg'on ishlatish Ko'p intervyularda o'zim guvohi bo'ladiganim - kandidatlar yolg'on ishlatishi. Bilasizmi nima? Intervyuverlarni katta qismi yolg'onni tez payqaydi, aynisa texnik tomondan yolg'on bo'lsa. O'zingizni sharmanda qilgandan ko'ra…
Eng birinchi ish suhbatimni yaxshi eslayman. 7-8 oylik tajribam bilan middle frontend pozitsiyaga rezyume topshirgandim. Rezyumeni rosa bo'rttirib yozib tashlaganman:
- Tajriba 2 yil
- ES6+, Node.js
- CSS3, HTML5
- MySQL, PHP,...

😬

Intervyuga kirganimda 3 ta kishi meni savol-javob qilishgan.
- CSS variable'lar qanday ishlatishni tushuntirib berolmaganman.
- Import bilan require farqlarini sanab berolmaganman.
- Async/await qachon kerakligini bilmaganman.
- JSdagi data type'larni sanab berolmaganman.
- JS engine nimaligini, qanday engine'lar borligini bilmaganman. (Chunki barcha JS engine'larni bilaman deb yozib qo'ygandim rezyumeda 🥲)

Xullas rezyumedagi har bir punktni so'roq qilishgan. Oxirida darajang "novichok",
portfolio projectlaringni o'zing qilmagansan deb, xayrlashishgan.

Tashqariga chiqqandagi ahvolimni tasavvur qilavering. Hozir eslasam yuragim yomon bo'ladi. 🥲
  • 👍 34
  • 😁 29
  • 🔥 3
  • 🤯 3
  • 🤔 1
Post #283 995

Forwarded from Umar Sadullayev | Blog

Intervyuda yolg'on ishlatish

Ko'p intervyularda o'zim guvohi bo'ladiganim - kandidatlar yolg'on ishlatishi.

Bilasizmi nima? Intervyuverlarni katta qismi yolg'onni tez payqaydi, aynisa texnik tomondan yolg'on bo'lsa.

O'zingizni sharmanda qilgandan ko'ra, "Bu mavzuni chuqurroq o'rganib chiqishim kerak ekan", deganingiz ancha yaxshiroq.

Yaqindagina shunday kandidatni intervyu qildim. Texnik savollarni o'zida yolg'on ishlatyaptida 😅 "Falon narsa nima?" desam, tikkasiga "ijod" qilyapti. Shu kandidat esimda qolib ketdi. Keyingi safar topshirsa ham biroz ikkilansam kerak...

#tavsiya #interview

@JoshDeveloper
  • 👍 11
  • 🔥 3
  • 🎉 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →