TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #285 2.62K
Brogrammist Eng birinchi ish suhbatimni yaxshi eslayman. 7-8 oylik tajribam bilan middle frontend pozitsiyaga rezyume topshirgandim. Rezyumeni rosa bo'rttirib yozib tashlaganman: - Tajriba 2 yil - ES6+, Node.js - CSS3, HTML5 - MySQL, PHP,... 😬 Intervyuga kirganimda…
O'sha kuni suhbatdan chiqib, bekatda avtobus kutib o'tirar ekanman, qanchalik bilimsiz va tajribasiz ekanimni anglaganman. Chunki shu paytgacha o'rganganlarim ko'p, ko'p narsa qo'limdan keladi deb yurardim.

Lekin taslim bo'lishni xohlamadim. Chunki haqiqatga tik qarash kerakligini bilardim. O'sha kuniyoq menga berilgan har bir savolni javobini o'rganishga tushdim. Wikipedia, har xil maqolalar, video darsliklardan rezyumedagi yolg'onlarni chinga aylantirishga tushdim. Rezyumeyimni sal kamtarroq holatga ham keltirib oldim. Orada 5-6 marta boshqa suhbatlarda bo'ldim. Garchi suhbatlarda endi yaxshiroq javob berolsamda, tajribam hali ko'p emasligi uchun ishga olishmasdi.

Shu sabab qo'shimcha loyihalar, iloji boricha murakkabroq bo'lgan web dasturlar yaratishga bel bog'laganman. Ulardan biri MusicSpider, Chrome uchun musiqa pleyer dastur edi. 1 kunda, Garage48 hakatonida yasalgan va bizga 2-o'rinni olib bergan loyiha.

Birinchi suhbatimdan keyin tahminan 5-6 oy o'tgachgina eng birinchi ishimni topganman. Reactni u paytlari endi o'rganishni boshlagandim. Ishim esa React Native'da ishlash edi😬. 2 kun dokumentatsiya o'qib, ertasi mobil ilova qurishga tushib ketganman. Ana shunaqa🙂
  • 👍 41
  • 🔥 9
  • 😁 3
  • 🤔 1
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →