Less is more
Rahul aka Metada Staff SWE roldan >> Google Senior SWE roliga o'tgan kishi haqida yozibdi. Work-life balance uchun kattaroq title va oylikdan voz kechib, oddiyroq, lekin yashashga vaqt beradigan rolga o'tgan ekan.
Hungerstationda ham shunday bir injener bor edi. 10+ yil iOS engineering tajribali rus dasturchi, Staff SWE roliga o'tishni taklif qilishganda rad etib, Senior rolida qolgan ekan. Asosiy sabab – Staff roli managerial track-ga yaqinroq, javobgarlik va asosiysi office politics ko'proq bo'lgan rol ekani. Ofisda odamlar bilan yonma-yon ishlaganda ofis siyosati, ya'ni yon atrofdagilar, ayniqsa o'zingizdan balandroq pozitsiyadagilar bilan muloqot qila olish, ittifoqchilar topish, kerakli odamni oldida kerakli gapni aytish, juda muhim faktorga aylanarkan. Individual contributor (IC) rollar odatda mustaqilroq, asosan o'zingiz yozadigan kodga javobgar qiladi va performance review qilingan mehnatga bog'liq. Staff va undan keyin manager rollari odamlar bilan ko'proq ishlashni talab qiladi, ish sifati va performance nafaqat mahsulot, balki jarayon va muloqotga asosan baholanadi. Ko'p dasturchilar bu haqiqatni qabul qilishi qiyin. Balki shuning uchun ham kod yozishdan boshqaruvga o'tadigan dasturchilarni qadri (oyliklari) balandroqdir.
Boshqa tomondan, shu narsani tushunib, shunchaki kod yozib yurish (IC-lik) o'ziga eng mos rol ekanini anglab, keyingi darajaga chiqmaslik ham bir jasorat. Qog'ozdagi muvaffaqiyat va progressdan ko'ra baxtli bo'lishni tanlash, egoni ustidan o'tish ham oson emas.
@yusufblogs
Post #385
1.37K
