TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3747 4.06K

Forwarded from Orif Tolib

Ekranda 9,5 bet matn va oʻqituvchining asabi. Nega qogʻozga qaytish xato?

Attestatsiyadagi matnlar hajmi A4 formatda 9,5 betgacha yetibdi. Buni kompyuter monitorida oʻqish har qanday oʻqituvchining koʻzi va asabini jiddiy sinovdan oʻtkazishi turgan gap. Shu sabab koʻpchilik imtihonlarni yana qogʻoz shakliga qaytarishni yoki matnlarni qisqartirishni talab qilyapti. Ularning xavotiri oʻrinli.

Ammo matn bilan ishlovchi mutaxassis sifatida aytaman: xalqaro imtihonlarda ham katta hajmli matnlar beriladi, bu – normal holat. Demak, yechim matnni qaychilashda yoki orqaga – qogʻozga qaytishda emas. Asl muammo testning texnik tashkil etilishida.


Nega qogʻozga qaytish xato?

Qogʻoz tarqatildimi, xavfsizlik kamayadi, tashvish esa ortadi. Endi shpargalka, testning tarqalib ketishi va inson omili kabi muammolar bilan mashgʻul boʻlish kerak. IELTS, SAT va TOEFL kabi katta imtihonlar toʻliq kompyuterda oʻtyapti.

Xoʻsh, xalqaro testlar koʻz toliqishi va katta matn muammosini qanday yechgan? Bizga nima yetishmayapti?

⏳ 1. Vaqt mantiqan uzaytirilishi shart

Ekrandan oʻqish qogʻozdan oʻqishga nisbatan 10–20% sekinroq kechadi. IELTSda 1 ta oʻrtacha matn va 13 ta savolga aniq 20 daqiqa beriladi. Bizda ham ekrandan oʻqish tezligi ilmiy hisoblab chiqilishi zarur.

💻 2. Dastur interfeysi qulay boʻlishi kerak

Ekranni boʻlish: chapda matn, oʻngda savollar tursin. Talabgor savolni oʻqiyotganda matnni qidirib qiynalmaydi.

Belgilash: matndagi muhim joylarni sichqoncha bilan sariq rangga boʻyash funksiyasi kerak. Bu kognitiv yukni kamaytiradi va miya maʼlumotni ushlab turishga qiynalmaydi.

Shrift: matnni bemalol kattalashtirib-kichraytirish tugmasi boʻlishi kerak.

🖥 3. Sifatsiz monitorlar – azob-uqubat

Dastur zoʻr boʻlgan taqdirda ham, monitor eskirgan, ekrani miltillaydigan va sifatsiz boʻlsa, shuncha harakat befoyda – koʻz tez charchaydi, talabgorning diqqati boʻlinib, natijasiga jiddiy ta'sir qiladi.

Toʻgʻri, muammolar boʻlishi ehtimoli yoʻq emas. Lekin tadorigi koʻrilsa, ularni bemalol hal qilish mumkin. Qogʻozga qaytishni talab qilib, orqaga qadam tashlamaslik kerak. Ammo test tashkilotchilari ham “matnni ekranga tiqdik, boʻldi” qabilida ish tutmasligi zarur. Platforma qulay boʻlishi, sifatli texnika ishlatilishi va adolatli vaqt belgilanishi kerak. Imtihon oʻqituvchining asabini emas, bilimini sinasin!


✈️ Fikrlar masʼullarga yetib borishi uchun postni ulashing!

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
  • 💯 32
  • ❤ 13
  • 👍 10
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →