TGViewer
Sardor Bazarbaev Sardor Bazarbaev @bazarbaevs · 4.93K subscribers
Post #10883 650

Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi

Eng nufuzli IMO xalqaro olimpiadasi sovrindori, taniqli matematik, KHISO olimpiada maktabi asoschisi, matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Bozarboyev bilan bugungi yangiliklar haqida suhbatlashdik.

Bugun Prezidentimiz tomonidan taʼlim tizimidagi revolyutsion qaror aytildi: endi O‘zbekistonda ham har qanday davlat rivojining asosi hisoblangan fanlar sinflarda 2 ga bo‘lib o‘tiladi. Bu matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari bo‘lib, endilikda sinfda kamida 26 ta o‘quvchi bo‘lsa 2 guruhga bo‘lib, 13 nafardan o‘tiladi. Ustozlar 40 ta bolaga bu murakkab fanlarni o‘qitish o‘rniga 20 ta bolaga o‘tadi. Sardor Bozarbaev bilan shunday ulkan o‘zgarishlar haqida uzoq suhbatlashdik. Mazza qildik yangiliklarni tahlil qilib. Fursatdan foydalanib mazkur taklifni tayyorlab, Davlat rahbariga taqdim etgan Prezident Administratsiyasi rahbarining Taʼlim bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Siradjevga minnatdorlik bildirmoqchiman, bu birgina ustozlar manfaatiga emas, butun xalq kelajagi uchun salmoqli qaror, oson emas bunday qaror chiqarish, ikki barobar xarajat qiladi endi davlat, lekin ikki barobar xarajat qilsak-da, bu orqali mamlakat taʼlim sifatini yaxshilash uchun juda-juda katta qadam!

Rahmat hurmatli Prezident!

@domlajon
t.me/domlajon
  • 👏 6
  • 👍 3
  • ❤ 1
More from @bazarbaevs
  1. Sep 30, 2026photo post
  2. Sep 30, 2026Post #10881
  3. Sep 29, 2026Post #10880
  4. Sep 28, 2026Ustoz nafaqat bilim, balki ilmga munosabatni ham o‘rgatadi – Shavkat Ayupov Videoning sifa…
  5. Sep 18, 2026O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik! Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpia…
  6. Sep 16, 2026Shohidbek Jamoliddinovning yorqin xotirasiga! Shohidbek Jamoliddinovning bevaqt vafoti haq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →