Shohidbek Jamoliddinovning yorqin xotirasiga!
Shohidbek Jamoliddinovning bevaqt vafoti haqidagi xabar barchamizni chuqur qayg‘uga soldi. U men bilgan eng faol, bilimga chanqoq va ilg‘or o‘quvchilardan biri edi.
Amerikaga uyushtirilgan tashrif davomida ham Shohidbek o‘zining bilimi, salohiyati va odobi bilan barchada iliq taassurot qoldirgani yodimizda. Uning pok xotirasi xotiramizda doimo saqlanib qoladi.
KHISO jamoasi Shohidbek Jamoliddinovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
Post #10875
5.31K