Xabaringiz bor, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nufuzli "Innovator" jurnali bizning chempionlarni yoritib keladi.
Bu safar iqtidorli o‘quvchi qizimiz Sibel jurnal qahramoniga aylanibdi. Quyida Sibelning rus tilidagi nutqining tarjimasini ham keltiraman:
Bu jurnal qahramoni bo‘lishimga 3-sinfdan buyon muntazam qatnashib kelayotgan Sardor Bazarbaev olimpiadalari sabab bo‘ldi. Aynan shu olimpiadalar menga turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishim uchun mustahkam poydevor yaratdi. Natijada Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadadan muvaffaqiyatli o‘tdim, shuningdek, “Sirius” ta’lim dasturiga ham saralab olindim.
Meni ushbu jurnal qahramonlari safidan joy olganim uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu men uchun juda katta sharaf va kelgusida yanada katta marralarni zabt etishim uchun kuchli rag‘bat bo‘ldi. Har doim aytib kelaman, qizlar yutuqga erishsa 2 hissa quvonaman.
O‘g‘il bola bilimli bo‘lsa oilasi faravon yashaydi, qiz bola bilimli bo‘lsa millat rivojlanadi.