KHISO oilamizning yana bir a’zosi professional faoliyatida yangi yuksak marrani zabt etdi!
Salkam 15 yillik do‘stim, KHISO jamoamizning ajralmas a’zosi Qosimxo‘jayev O‘g‘uzxon SQB ATB Bosh bankining Sun’iy intellekt departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.
O‘g‘uzxon har doim o‘zining mas’uliyatliligi va ishga bo‘lgan yondashuvi bilan ajralib turgan. U bizda nafaqat dars bergan, balki olimpiada savollarini rus tiliga yuqori sifatda tarjima qilgan hamda “Mantiqiy matematika–1” kitobimiz uchun video tahlillarni rus tilida tayyorlagan.
Bu yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, matematikani puxta o‘zlashtirish faqat matematik bo‘lish uchun emas, balki istalgan sohada muvaffaqiyat qozonish uchun ham mustahkam poydevor yaratadi.
Shunday ekan, farzandlaringizning matematikaga bo‘lgan qiziqishini yoshligidanoq rivojlantiring va ularga sifatli ta’lim bering. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Avval matematika, keyin hammasi!”
Post #10856
3.25K
Sardor Bazarbaev 🇷🇺 Mendan ko‘pchilik rus tilida sifatli matematika o‘rgata oladigan o‘qituvchi so‘raydi. Haqiqatda, hozirgi kunda bunday o‘qituvchilar juda kam. S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika tabiiy va aniq fanlar akademik litseyidagi partadoshim, Kazan Milliy texnologik…
- 👍 16
- ❤ 2