TGViewer
Sardor Bazarbaev Sardor Bazarbaev @bazarbaevs · 4.93K subscribers
Post #10598 25.3K
Super finalda g‘oliblar "g‘olibi" aniqlanadi!

Xabaringiz bor, 2025-yilda oflayn olimpiadalar o‘tkaziladigan hududlar qatoriga Buxoro viloyati qo‘shilgan edi. Bu safar (19-yanvar) dan boshlab Samarqand ham qo‘shiladi. O‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qilib, o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni aniqladik. Bundan keyin har bir olimpiadadan keyin xuddi shunday eng kuchlilarni aniqlab, "super final"chilar ro‘yxatini kengaytirib boramiz. 5-yanvarda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra jami 12 nafar (7 ta Xorazmdan, 4 ta Toshkentdan va 1 ta Buxorodan) o‘quvchi "super final" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Super final" olimpiadasi "Yozgi maktab" boshlanishidan 2 kun oldin o‘tkaziladi va uning ochilishi marosimida taqdirlanishadi. Shuningdek, ular "Yozgi maktab" finalida ham qatnashishlari mumkin. "Super final"ga yo‘llanma olgan va kelib qatnashgan o‘quvchilarning barchasi taqdirlanadi. G‘oliblarini esa katta mukofotlar kutmoqda.

Super finalni noodatiyroq o‘tkazishni o‘ylayapmiz. Masalan testdan tashqari "yozma ish" savollari, katta sinflar o‘quvchilariga biror mavzuni 10 daqiqada tushuntirib berish kabi qo‘shimcha shartlar kiritish. Siz bunga nima deysiz?


Navbatdagi olimpiadamiz Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladi. Unda navbatdagi "super finalchi"lar aniqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso/4753
  • 👍 35
  • ❤ 3
  • 👏 1
More from @bazarbaevs
  1. Oct 6, 2026Дунёнинг энг йирик космос тадбири - Халқаро астронавтика конгрессининг очилиш маросимида А…
  2. Sep 30, 2026Eng nufuzli IMO xalqaro olimpiadasi sovrindori, taniqli matematik, KHISO olimpiada maktabi…
  3. Sep 30, 2026photo post
  4. Sep 30, 2026Post #10881
  5. Sep 29, 2026Post #10880
  6. Sep 28, 2026Ustoz nafaqat bilim, balki ilmga munosabatni ham o‘rgatadi – Shavkat Ayupov Videoning sifa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →