Bobur tashqaridan qaraganda “muvaffaqiyatli” inson edi. 40 yoshida u yuqori maosh oluvchi Direktor lavozimida ishlardi. Qimmat kostyumlar, yaxshi mashina, hurmat... Ko‘pchilik unga havas qilardi. 👔💼🚘
👴 Ammo 65 yoshida manzara butunlay boshqacha edi.
Tengdoshlarining ayrimlari dengiz bo‘yida dam olayotganda, Bobur xavotir bilan rezyumesini yangilardi. U ishlashdan to‘xtashga qurbi yetmasdi. Chunki Majburiy ijro byurosi telefoniga kun ora qo‘ng‘iroq qilib, soliq, bank krediti va boshqa qarzlar haqida eslatib turardi.
Boburning fojiasi bitta yirik xato yoki kutilmagan falokat natijasi emas edi. Bu - moliyaviy tizim yo‘qligining sekin, ammo muqarrar oqibati edi.
1️⃣ Eng birinchi va eng katta xato: U daromadni boylik bilan adashtirdi. 💰≠💸 Maoshi oshgani sayin hayot tarzi ham qimmatlashdi - qora BYD Champion ijarasi, Miroboddagi kattaroq kvartira, “status” xarajatlari. Bobur boylikni "sarflangan" pul deb o‘ylardi. Aslida esa boylik - "saqlab" qolingan va o‘sayotgan pul edi 📈
2️⃣ "Mulkdor" emas, "Iste’molchi" rejimi. Yangi iPhone chiqishi bilan sotib olish uchun navbatda turdi. Ammo Apple aksiyasini sotib olish xayoliga ham kelmadi. U o‘nlab yillar davomida vaqtini pulga almashtirdi. Ishdan to‘xtashi bilanoq daromadi ham darhol to‘xtardi. Uning o‘rniga ishlaydigan birorta ham aktiv yo‘q edi 🚫
3️⃣ Eng achinarlisi, "Avval o‘zingga to‘la" odatining yo‘qligi edi. Maosh tushgan kuni birinchi bo‘lib uy egasi, avtosalon va kredit kartalariga to‘lardi. Har gal "qolganini yig‘aman", deb o'ziga so'z berardi. Ammo ortiqcha pul hech qachon qolmasdi 🤷♂️
4️⃣ Atrof-muhit ta'siri. U o‘zini noto‘g‘ri “norma” bilan o‘rab oldi. Har narsani qarz bilan yopish, rassrochka esa uning o'ylashicha qulay yechim edi. “Bir kun omad kelib $50 000 tushib qoladi” degan xayoliy reja bilan yurardi. Afrofidagilar hammasi katta maosh olar, lekin baribir maoshdan-maoshgacha yashardi. Bobur bu muhitda o‘zini ancha xavfsiz his qilardi… Ammo bu xavfsizlik - "yolg‘on" edi 🤥
5️⃣ Qo‘rquv va Savodsizlik. Fond bozori unga xavfli tuyulardi. Shuning uchun u pulini oddiy hisobda saqladi. Inflyatsiya esa sekin-asta uning yillar davomida qilgan mehnatini yemirib borardi 🐜
🏃♂️Yakun: Bobur 40 yil davomida yugurish yo‘lakchasida tobora tezroq yugurdi, ammo boshlagan joyidan siljimadi. Chunki boylik - bu tasodif emas. Bu yillar davomida takrorlanadigan kundalik qarorlar yig‘indisi ekanligini tushunmadi 🧱🗓
🏆 Хулоса: Bobur “boy ko‘rinish” o‘yinida g‘alaba qozondi. Ammo “erkin bo‘lish” o‘yinida mag‘lub bo‘ldi.
@baxrom_ceo
