🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislarni sertifikatlash imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
📆 Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 7-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Ularda 330 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida natijalarini bilib oldilar.
📝 Imtihonning yakuniy natijalari qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube






