TGViewer
Bilimni baholash agentligi Bilimni baholash agentligi @baholashuz · 202K subscribers
Post #12003 35.2K
#Xalqaro_hamkorlik

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi xalqaro kongressning navbatdagi kunida ishtirok etdi

📆 7-oktyabr kuni Turkiyaning Denizli shahridagi Pamukkale universitetida o‘tkazilayotgan Ta’lim va psixologiyada o‘lchash va baholash bo‘yicha X xalqaro kongressi (CMEEP 2026) doirasidagi tadbirlarda Agentlik delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

👥 Kongressning navbatdagi kunida ta’limdagi o‘lchash va baholashning zamonaviy yondashuvlari, kasbiy ko‘nikmalarni baholash hamda baholash tizimlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va parallel sessiyalar tashkil etilmoqda.

☑️Shuningdek, kunning muhim tadbirlaridan biri — “Turkiy davlatlarning o‘lchash va baholash markazlarining uchrashuvi” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘lchash va baholash sohasidagi tajriba almashinuvi, amaliyotda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

❗️Mazkur sessiyada Agentlikning mamlakatimizda ta’limni baholash tizimini takomillashtirish, test topshiriqlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, zamonaviy psixometrik yondashuvlarni joriy etish, baholash jarayonlarini raqamlashtirish hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

✴️Tadbir doirasida turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
More from @baholashuz
  1. Oct 9, 2026#Prezidentning_xalqaro_tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbay…
  2. Oct 8, 2026#Prezidentning_xalqaro_tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbay…
  3. Oct 8, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda t…
  4. Oct 7, 2026#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislarni sertifikatlash imtihoni b…
  5. Oct 7, 2026#Milliy_sertifikat DIQQAT, E'LON! Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqd…
  6. Oct 7, 2026▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →