TGViewer
Bilimni baholash agentligi Bilimni baholash agentligi @baholashuz · 202K subscribers
Post #11997 42.2K
#Xalqaro_hamkorlik

✍️ Agentlik delegatsiyasi xalqaro kongressning navbatdagi kunida ishtirok etdi

📆 6-oktabr kuni Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universitetida tashkil etilayotgan Ta’lim va psixologiyada o‘lchash va baholash bo‘yicha X xalqaro kongressi doirasidagi tadbirlarda Agentlik delegatsiyasi ishtirok etdi.

👥 Kongressning mazkur kungi dasturi rasmiy ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda kongress ishtirokchilariga tabrik so‘zlari yo‘llanib, ta’limda o‘lchash va baholash sohasining bugungi holati, dolzarb vazifalari hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

☑️ Kun davomida delegatsiya a’zolari ta’lim jarayonida o‘lchash va baholash, sun’iy intellekt yordamida test topshiriqlarini shakllantirish, baholash natijalarining ishonchliligi, kognitiv diagnostika hamda zamonaviy baholash yondashuvlariga bag‘ishlangan ma’ruza va muhokamalarda qatnashdilar.

✴️Mazkur tadbirlar davomida baholash sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
More from @baholashuz
  1. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  2. Oct 9, 2026#Prezidentning_xalqaro_tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbay…
  3. Oct 8, 2026#Prezidentning_xalqaro_tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbay…
  4. Oct 8, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda t…
  5. Oct 7, 2026#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislarni sertifikatlash imtihoni b…
  6. Oct 7, 2026#Xalqaro_hamkorlik ✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi xalqaro kongre…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →