TGViewer
Channel Public Channel
Aslanov's Lessons

Aslanov's Lessons

@aslanovs_lessons

Three main channels I run:

1️⃣ this one (@aslanovs_lessons)
2️⃣ @mraslanov
3️⃣ @pdfbooksyouneed

For questions @Aslanovs_robot
Subscribers
12K
Photos
3.1K
Videos
629
Links
319
Recent Posts 20 shown
Post #17130 15.3K
Instagramga yangi video joyladim 😊

Mavzu: Grammatikani o'rgatishdagi top 3 xato

Bu yerda ko'rsangiz bo'ladi

👍, 🔍, 💬 esdan chiqmasin.
  • ❤ 11
  • 😍 5
  • 💯 1
Post #16761 86.8K

Forwarded from Archive

Odat!

Avvallari juda ko'plab ota-onalarda shaxsan manga yoqadigan odat bo'lardi.

Farzandlari maktabdan (asosan maktabdan) qaytganda 'Qani, oldimga o'tirchi. Bugun nimalarni o'rganding?' deb deyarli har kuni so'rashardi.

O'zimda ham shunday bo'lgan. Uyga borsam ota-onam bugun nima o'rganganimni so'rashadi deb darsda ikki barobar e'tiborliroq o'tirardim.

Qani endi shu odatni yana tiklasak. Hatto, farzandlari repetitorda o'qiyotgan ota-onalar orasida.

📱 @mraslanov
  • 👍 129
  • ❤ 51
  • 💯 27
  • 🆒 12
  • 😇 10
  • 🔥 5
  • 🏆 5
  • ✍ 4
  • 🥰 4
Post #16760 63.1K

Forwarded from Archive

Sir!

Dars berishni boshlaganimda, birinchi maktab bolalariga uylariga borib dars o'tardim.

Dars beradigan o'quvchilarimni otasi poytaxtdagi katta supermarketlardan birini xo'jayinlaridan edilar.

U kishini boyligi, sharoitini va manga bo'lgan munosabatini ko'rib qoyil qolganman. Katta miqdorda puldan tashqari, darsim tugagandan keyin mashinalarida uyimga tashlab qo'yardilar. Qo'yavering, yetib olaman, ishdan charchab kelgansiz desam ham yo'q deb oyoq tirab olardilar.

Keyin tushunganman - katta ehtimol bilan muvaffaqiyatlarining bir siri ahli ilmlarni xurmat qilganliklaridan ekanligini.

📱 @mraslanov
  • ❤ 202
  • 👍 75
  • 👌 11
  • 🥰 7
  • 😎 7
  • 🆒 5
  • 🎉 2
Post #16754 47.3K

Forwarded from Archive

Baliqlar!

Bir klinikaga tez-tez ishim tushadi. U yerda turli-tuman, rang-barang baliqlar akvariumda saqlanadi. Biroq, u yerga borgan 90% odam ularga uncha e'tibor bermaydi. Ularga qarab zavq olmaydi. Sababi ularning fikru-hayoli kasallik.

Hayot ham shunday - biz qaysidur muammoyimizga yetarlidan ortiq sho'ng'ib ketib, atrofimizdagi boshqa 'baliq'larga parvo qilmaymiz. Lekin shuni aksini qilsak hayotimiz yanada mazmunli bo'ladi deb o'ylayman.

📱 @mraslanov
  • 👍 82
  • 🔥 27
  • ❤ 15
  • 💯 13
  • 😍 8
  • 🆒 8
  • 🎉 4
Post #16753 37.3K

Forwarded from Archive

Meva!

Bir kuni darsimdan chiqib tashqariga ketmoqchi bo’lib tursam bir yosh hamkasbim chaqirib qoldi. Borsam qarang, ustoz birinchi oyligimga adamlarga kompyuter va onamlarga telefon oldim. Ularniki eskirib qolgan edi dedi. U qizning ko’zidagi quvonchni, oqlangan ota-ona ishonchini, shuncha mehnatlarining mevasini chinakamiga tushunish uchun o’zimiz ham bundan o’tishimiz kerak.

Sizda ham hozir qiyin bo’lyaptimi? Taslim bo’lishga shoshilmang! Mevasini ko’rmaguncha davom eting.

📱 @mraslanov
  • ❤ 80
  • 👍 34
  • 🔥 17
  • 🎉 10
  • 🆒 7
  • 🤩 5
  • 🙏 3
Post #16752 30.2K

Forwarded from Archive

Paymedan eslatma!

Payme ilovasini o'chib yoz oyidagi kirim va chiqimlarni hisobotini ko'rib chiqdim. O'sha hisobot menga bir narsani yana bir bor eslatdi.

Iyun va Iyul oylarida yozda maksimal ko'pchilik bekor qolmay ilm olsin deb kurslar ochgan edim. Maqsad ilm berish bo'lgan, tushum juda yaxshi.

Avgust oyida juda pulga muhtoj bo'lgandim va pul topay deb kurslar ochdim. Natija kutganimdek bo'lmadi.

Eslatma: maqsadni ilm ulashish deb qo'ysak, pul o'zi bizni topib keladi. Pul desak, u bizdan qochishi mumkin.

📱 @mraslanov
  • 👍 95
  • ❤ 17
  • 🔥 12
  • 👌 6
  • 🫡 5
  • 💯 4
Post #16751 30.7K

Forwarded from Archive

Odamlar nima deydi?

Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi.

Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar...

Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi?

Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?
  • 👍 39
  • ❤ 15
  • 🔥 8
  • 🆒 7
  • 😇 4
  • 🏆 3
  • 👌 1
Post #16750 28.8K

Forwarded from Archive

Support!

O'zim mustaqil joy olib dars berishni boshlagan paytlarim shunday o'quvchilarim bo'lgan ana o'shalarda man haqiqiy supportni ko'rganman.

Hozir bitta reaksiya yoki izoh yozishga yaramayotgan bir paytimiz, avval shunday o'quvchilarim bo'lardi - har oy 1, 2 marta darsga kelib, to'lov qilib yana bir oy yo'q bo'lib ketgan. Na aloqaga biror raqami bo'lardi na internetda manzili. Keyinchalik bilsam ustozga bizdan yordam bo'lsin deb shunday qilishgan ekan.

Yana shunday bir o'quvchim bo'lardi - 1 yil maosh olmasdan ishlagan. Kunlik harajatiga majburlab pul bersam olardi lekin oylik haqida gap borsa YO'Q USTOZ! deb ishimda yordam berar edi. Nega unday qilasan desam Otam shunday deganlar. Ustozingni xizmatini qil, duosini ol lekin pulini olma deb uqtirgan ekanlar. Hozir o'sha shogirtim 3000$ dan ko'p pul topadi oyiga.

Qarang hayotni qiziqligini.
  • 🔥 100
  • 👍 23
  • ❤ 12
  • 🤝 6
  • 🏆 2
Post #16749 21.6K

Forwarded from Archive

Jur'at!

Ancha yil avval universitet javoblarini ko'rgani borganimda bir yigitga qoil qolgan edim. Imtihon natijalari doskasidan hamma o'zini qidirgan, kimdur o'zini byudjetda, kimdur o'zini kontraktda topgan. Kimdurlar esa 'chiziq' pastida. O'sha yerda xursandchilik ham bor edi, yig'i-sig'i ham.

O'zim ham chiziq pastida ekanligimdan yaxshigina tushkunlikka tushib turgan edim. Bir payt yonimdagi yigit telefonini olib kimgadur telefon qildida 'Domla, o'qishga kira olmabman. Ertadan darslarni boshlasak bo'ladimi? Hozir qaytib yo'lga chiqaman.' dedi.

O'sha yigitdagi jur'at menga ham yaxshigina dars bo'lgan edi. Biz taslim bo'lgan kundagini yengilgan bo'lamiz, kurashyapmizmi demak hali yengildik degani emas.

Sizga ham o'qish davomida shunday jur'at tilab qolaman, guys!

📱 @mraslanov
  • 👍 58
  • ❤ 15
  • 😍 9
  • 🎉 6
Post #16748 22.5K

Forwarded from Archive

Qush daraxt shoxiga qo'nayotganda shoxning baquvvat ekanligiga ishonib emas o'zining shox sinib ketsa uchib keta olish qobilyatiga ishonib qo'nar ekan.

Kurslarimizga qo'shilayotganlarga ham shu maslahat - avvalo o'zingizga, olib keta olishingizga ishonishingiz shart.

Ikkilanyapsizmi demak o'xshamaslik ehtimoli ko'proq. Aksincha, ishonyapsizmi demak o'xshashi.

📱 @mraslanov
  • 👍 31
  • ❤ 4
  • 🙏 4
  • 🏆 2
Post #16608 58.1K
📹 Writing va Speakingga fikr (idea) yig'amiz!

Channel: @Aslanovs_Lessons
  • 👍 49
  • ❤ 6
  • 🔥 6
  • 🎉 4
  • 🫡 4
  • 😎 2
Post #16606 50.8K
IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 2

Channel: @Aslanovs_Lessons
  • ❤ 16
  • 👍 7
  • 👌 5
  • 😎 3
  • ✍ 2
  • 🆒 2
Post #16602 38.8K
Ko'pchiligimizni dushmanimiz odamlardanda ko'ra telefonimiz...
  • 💯 142
  • 👍 32
  • 🎉 8
  • 🙏 8
Post #16601 38.8K
Alam qiladigani to be ni 100% to'g'ri ishlatishni bilmasdan imtihon topshirayotganlar qancha.

Gapirsangiz siz yomonsiz...
  • 💯 141
  • 👍 21
  • ✍ 11
  • 🔥 5
  • 😍 5
  • 🫡 2
  • 🎉 1
Post #16597 41.3K
IELTS & Multilevel da qanday o'qish kerakligini, yuqori natija qattiq mehnat & vaqt talab qilishini bilasiz. Lekin baribir oson & tez yo'lini qidirib vaqtingizni o'tkazasiz.

Fakt 😎
  • 👍 74
  • 🔥 18
  • 💯 14
  • 🆒 8
  • 👌 3
  • ❤ 2
  • 🫡 1
Older posts →

About this channel

How can I read @aslanovs_lessons without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Aslanov's Lessons: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Aslanov's Lessons have?
Aslanov's Lessons (@aslanovs_lessons) has 12K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Aslanov's Lessons know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →