TGViewer
Aslanov's Lessons Aslanov's Lessons @aslanovs_lessons · 12K subscribers
Post #16751 30.7K

Forwarded from Archive

Odamlar nima deydi?

Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi.

Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar...

Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi?

Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?
  • 👍 39
  • ❤ 15
  • 🔥 8
  • 🆒 7
  • 😇 4
  • 🏆 3
  • 👌 1
More from @aslanovs_lessons
  1. Mar 29, 2026Instagramga yangi video joyladim 😊 Mavzu: Grammatikani o'rgatishdagi top 3 xato Bu yerda…
  2. Mar 24, 2026Instagramga 2 ta yangi video joyladim: 1️⃣ Ingliz tili ustozlarida eng ko'p uchraydigan xa…
  3. Mar 5, 2026📹 Instagramda ham ustozlar uchun juda foydali reels joylayapman: 1️⃣ Nega o'quvchilarim i…
  4. Oct 8, 2024Odat! Avvallari juda ko'plab ota-onalarda shaxsan manga yoqadigan odat bo'lardi. Farzandla…
  5. Oct 8, 2024Sir! Dars berishni boshlaganimda, birinchi maktab bolalariga uylariga borib dars o'tardim.…
  6. Sep 28, 2024Baliqlar! Bir klinikaga tez-tez ishim tushadi. U yerda turli-tuman, rang-barang baliqlar a…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →