🇮🇹 Tez orada Italiyadagi Apple Developer Academyda o'qish boshlanadi, o'qishga borishni rejalashtirayotganlar uchun quyidagilarni maslahat beramiz:
1. O'zingiz bilan kerakli bo'lgan dorilarni oling. Italiyada dorilar qimmat yoki topish qiyin bo'lishi mumkin.
2. Vaqtinchalik istiqomat qilish guvohnomasi uchun Italiyaga borganingizdan 8 kun ichida xujjat topshiring. Bu jarayon ancha vaqt oladi va qancha erta topshirsangiz shuncha yaxshi.
3. Yashash uchun joyni akademiya yaqinidan topishga harakat qiling: yo'lga ketadigan pulingiz va vaqtingizni tejaysiz.
4. ADISURCdan ro'yxatdan o'ting va bepul ovqatlanasiz yoki chegirma bilan ovqatlanishingiz mumkin.
5. Akademiyada o'qish davomida loyihalarda faol qatnashing va o'zingizni yaxshi tomondan ko'rsating, chunki bu PIER/ARTE kabi dasturlarda o'qishni davom ettirish uchun muhim.
6. Sayohat qiling: Italiya bo'ylab sayohat qilish arzon. Masalan, Rimga Itabusda tahminan 10 EURga borib kelsa bo'ladi. 1 haftalik kruizda 400EURdan boshlab sayohat qilsa bo'ladi. Aviachiptalar ham qimmat emas.
7. Har oyning birinchi yakshanba kuni muzeylarga kirish bepul. Masalan, Kolizeyga kirish 16 EUR, oyning birinchi yakshanba kuni bepul kirsangiz bo'ladi, lekin bu kuni navbat juda katta bo'lishini ham inobatga oling.
8. Italiyada tabiat juda ham chiroyli. Path of Gods, Angel's Path, Bagni Regina Giovanna, Dolomitiga borishni maslahat beramiz.
Post #485
2.16K