🚀 Yandex Uzbekistan Dev Camp 2026 dasturiga qabul boshlandi
10–31-oktabr kunlari Toshkentdagi Yandex Uzbekistan ofisida backend dasturlash, AI va algoritmlar bo‘yicha bepul intensiv bo‘lib o‘tadi.
Dastur IT yo‘nalishidagi talabalar va yaqinda bitirgan yosh mutaxassislarga mo‘ljallangan. Algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari asoslarini bilish hamda C++, Java, Go yoki Python tillaridan birida kod yoza olish talab etiladi.
Dasturda:
— Yandex mutaxassislarining ma’ruzalari;
— ekspertlar va jamoa rahbarlari bilan muloqot;
— Yandex Uzbekistan’da amaliyot uchun qisqartirilgan saralash;
— 70%+ qatnashganlarga sertifikat.
Boshqa shaharlardan eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning yo‘l va turar joy xarajatlari qoplanadi.
Ariza topshirish muddati — 30-sentabr.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://yandex.uz/fordevelopers/events/dev-camp/uz
Post #553
689
