TGViewer
Apple Developer Academy UZ Apple Developer Academy UZ @apple_developer_academy_uz · 879 subscribers
Post #344 1.93K

Forwarded from FiJe'sLife

Og’riq joyi - jon joyi

Kattalardan ko’p eshitardim: Qayering og’rib qolsa, o’sha san uchun jon(hayot) joyingga aylanadi deb. O’sha paytlar bu so’zni ma’nosiga ko’p e’tibor qilmaganman, yoshmiz bizda og’riq nima qilsin. Inson og’rib qolsa maylikan, kelibam musofirchilikda, uydan uzoqda bo’lmasin ekan.

Bir necha kun oldin tishimda og’riq his qila boshladim. Tishlarimda kasallanish boshlanganini bir oycha oldin bo’lgan o’lda-jo’lda og’riqlardan his qilgan edim. -Ha qo’yaver, ozgina sabr qilsam uyga yetib olaman, degan o’y bilan yana e’tiborsiz qoldirgandim. Bu safar juda qattiq bo’ldi, tishimda paydo bo’lgan kovak shunchalar yomon holatga kelgan ekanki, suv ichsam ham og’riq miyyamga yetib borayotgandi. Hatto, o’lib qolsam kerak deb o’yladim. Bunaqa paytda hamma nasaga tayyor turarkan kishi: qimmat bo’lishiga qaramasdan Turkish airlines/Turkiya havo yo’llari orqali borish-qaytish bilet narxlari bilan ham qiziqdim orada. Xullas, u bo’ldi, bu bo’ldi oxiri Italyan tanishimdan tish do’xtiri manzilini olib, dushanba kuni(shanba&yakshanba Italiyada hech kim ishlamaydi) navbat olib bordim. Yaxshi kutib olishdi, 2 marta qatnashning o’zida muammoyimni hal qilishdi. Bitta muammo: bu muolaja manga 350€ ga tushdi, va man endigina bitta tishimni davolatdim xolos. Salomatlik insonga berilgan eng katta ne’matlardan biri ekan, narxi esa bebaho.

Qisqacha:

Muammo: Tish og'rig'i;
Muolaja narxi: 350€ har bir tish uchun;
Qayerda: Neapol, Italiya;
Tavsiya: Chet elga chiqishdan oldin(umuman olganda har 3-6 oyda), shifokor ko'rigidan o'ting, va keyinchalik ham sog'lig'ingizga e'tiborsiz bo'lmang.

P.S
Bebaho sog'ligimizni asraylik!

@fijeslife
More from @apple_developer_academy_uz
  1. Oct 1, 2026Apple Authorized Training Center for Education O‘zbekistonda Apple bilan hamkorlikda iOS d…
  2. Sep 26, 2026🇻🇳 Nyachanga 55$ga chipta bor Shu va boshqa arzon chiptalarni ChiptaBor.uz da topishingi…
  3. Sep 17, 2026Aziza’s Journey 🚀 2023: Apple Developer Academy 2026: iOS Developer at Anorbank
  4. Aug 31, 2026📚 Dars — Zoomda. Uy vazifasi — WhatsAppda. Fayllar — Telegramda. To'lovlar — daftarda. Ta…
  5. Aug 29, 2026🚀 Yandex Uzbekistan Dev Camp 2026 dasturiga qabul boshlandi 10–31-oktabr kunlari Toshkent…
  6. Jun 18, 2026🇮🇹 ARTE dasturiga qabul qilinganlar ro’yxati va qabul qilinmaganlar application ID raqam…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →