21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimizda ona tilimizning nufuzini oshirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash an‘anaga aylangan.
Ushbu yo‘nalishda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ham qator ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilayapti.
Jumladan, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan hamkorlikda kombinatning tarkibiy bo‘linmalarida davlat tili masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida amaliy seminar va umummilliy diktant yozish tadbiri o‘tkazildi.
“Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzini yuksaltirish, imlo qoidalariga rioya etish va xodimlarning savodxonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar umummilliy diktant yozishda qatnashib, ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.
Yakunda vazirlik mas’ul xodimlari “Metallurg” madaniyat saroyida amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy loyihalar bilan tanishdilar.
Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom! 🇺🇿
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X









