TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.3K subscribers
Post #49585 4.93K
#Oʻzbek_tili_bayrami

O'zbek tili — millat g'ururi va ma'naviyat ko'zgusi


💠Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida 21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma'naviyat soati tashkil etildi.

Tadbirda "Olmaliq KMK" AJ Madaniyat saroyi ma'naviyatchilari ishtirok etib, zavod ishchi-xodimlari bilan o'zbek tilining tarixi, milliy qadriyatlarimizdagi o'rni, davlat tilining jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda ona tilimizni asrab-avaylash va uning nufuzini oshirish borasida qizg'in suhbat olib bordilar.

Ma'naviyat soati davomida ishtirokchilar o'rtasida savol-javoblar tashkil etilib, xodimlar o'z bilim va dunyoqarashlarini namoyon etdilar. Savollarga to'g'ri va faol javob bergan ishchi-xodimlarga kitoblar hamda ma'naviyatga oid jurnallar sovg'a qilindi.

Mazmunli va qizg'in ruhda o'tgan ushbu tadbir xodimlarning ma'naviy bilimlarini boyitish, ona tilimizga bo'lgan hurmat va e'tiborni yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

R. Xamrayev,
MTMZ kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

———
#День_праздника_узбекского_языка
 
Узбекский язык – гордость нации и зеркало духовности
 
💠На центральном ремонтно-механическом заводе состоялся духовно-просветительский час, приуроченный к 21 октября – Дню придания узбекскому языку статуса государственного.
 
В мероприятии приняли участие представители Дворца культуры «Металлург». В ходе встречи с работниками завода состоялась содержательная беседа об истории узбекского языка, его месте в системе национальных ценностей, значении государственного языка в жизни общества, а также о важности сохранения родного языка и повышения его престижа.
 
В рамках мероприятия для участников организовали викторину в формате вопросов и ответов, в ходе которой работники смогли продемонстрировать свои знания и кругозор. Тем, кто правильно и активно отвечал на вопросы, вручили в подарок книги и журналы духовно-просветительской тематики.
 
Встреча прошла в оживлённой и содержательной атмосфере. Подобные мероприятия способствуют укреплению уважения к родному языку и повышению интереса к национальным ценностям.
 
Р. Хамраев,
председатель профсоюзного комитета ЦРМЗ


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Oct 16, 2026🇺🇿 OKMKda umummilliy diktant yozish tadbirlari o‘tkazilmoqda 21-oktyabr — O‘zbek tili ba…
  2. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yax…
  3. Oct 16, 2026#Ish #Vakant 3-Mis boyitish fabrikasi bo'sh ish o'rni 2026-yilning 16-23-oktyabr kunlari “…
  4. Oct 16, 2026Post #49590
  5. Oct 16, 2026📢 ISHGA TAKLIF 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi jarayonida ichki tartibni va obyekt tov…
  6. Oct 16, 2026https://www.youtube.com/watch?v=qL8iYD6TNSo
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →