✈️Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida milliy sanoatimiz tarixidagi eng yirik va zamonaviy loyihalaridan biri — Yangi metallurgiya majmuasining qurilishi jadallik bilan davom etmoqda. Bu majmua nafaqat korxonaning, balki butun mamlakatimiz rangli metallurgiya tarmog'ining kelajagini belgilab beradigan strategik ahamiyatga ega obyektdir.
Loyihaning maqsadi — OKMKda Mis eritish zavodining quvvatini yiliga 148 ming tonnadan 300 ming tonnagacha, ya'ni ikki barobardan ko'proqqa katod mis ishlab chiqarishga kengaytirishdan iborat. Bu, o'z navbatida, yurtimizning jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi davlat sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.➡️BATAFSIL
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X




