Ustozlar – bizning faxrimiz
💠Angren kon boshqarmasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ma’rifiy va tantanali tadbir tashkil etildi.
Qutlug‘ ayyom arafasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda korxonada ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib, ishlab chiqarish rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan jonkuyar xodimlar, bo‘lim boshliqlari hamda yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatayotgan faxriy ustoz-murabbiylar tantanali ravishda qutlandi.
Tadbir davomida konchilik va metallurgiya sohasi mutaxassislarini tayyorlashda, “Ustoz-shogird” an’analarini bardavom saqlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan soha vakillariga alohida ehtirom ko‘rsatildi. Korxona ravnaqi, jamoada sog‘lom va ahil muhitni mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan bir guruh ilg‘or xodimlar va ustozlarga esdalik hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Sherzod G‘aniyev,
Angren KB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X




