#Reyd
🚛 YUK TASHISH QOIDALARIGA AMAL QILING!
Andijon viloyati hududida yuk tashish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, yuk avtomashinalarining texnik sozligini nazorat qilish maqsadida YPX xodimlari tomonidan keng qamrovli reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida yuk tashish talablarini buzgan, shuningdek, transport vositasini belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan haydovchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur reydlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida tashkil etilmoqda.
⚠️ Ҳурматли ҳайдовчилар! Юк ташиш қоидаларига қатъий амал қилинг, транспорт воситангизнинг техник созлигини таъминланг ва белгиланган муддатларда техник кўрикдан ўтказинг. Зеро, йўлдаги ҳар бир қоидабузарлик инсон ҳаёти ва хавфсизлигига таҳдид солиши мумкин.
Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
Post #43915
464










- 👏 1