TGViewer
Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати @andpress · 20.5K subscribers
Post #64252 609
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari energetikani taraqqiyotning yuragi deb atab, barqaror energiya ta’minoti tadbirkorlar sarmoyasi va odamlarning ertangi kunga ishonchi uchun muhimligini ta’kidladi.

O‘n yil avval sohadagi muammolarni hal qilish, eskirgan quvvatlarni yangilash va o‘sib borayotgan talabni qoplash vazifalari belgilab olingan edi. Buning uchun energetika bozori xususiy sarmoyaga ochildi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. O‘tgan davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi, hamkor davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi.

Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga ko‘tarildi. “Yashil” quvvatlar 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 ming 300 kilovatt-soatga yetdi.

Bugun umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi.

Facebook|Instagram|X
More from @andpress
  1. Oct 16, 2026Ilk bosqichda “yashil” quvvatlarni tez yaratish uchun loyihalar ko‘pincha investorlar takl…
  2. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari o‘tgan yillarda energetika loyihalarini tayyorlash va investorlar bilan…
  3. Oct 16, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochi…
  4. Oct 16, 2026Андижон вилояти делегацияси Витебск давлат университетида бўлди Айни кунларда Андижон вило…
  5. Oct 16, 2026Андижон вилояти ҳокимлиги томонидан ҳар ҳафтанинг шанба куни фуқароларнинг мурожаатларини…
  6. Oct 16, 2026Бобур шаҳридаги “Ватанпарвар” боғида “Жасорат мактаблари”да таҳсил олаётган ўқувчиларнинг…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →