TGViewer
Channel Public Channel
AloqaBank

AloqaBank

@aloqabank

AT “AloqaBank”ning rasmiy telegram kanali
Manzil:100164,Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid Ko'chasi 4-uy

📲 https://mssg.me/aloqabank
📠 info@aloqabank.uz
💬 @aloqabank_savolbot

Kontakt-markazi:(71) 230-7777
Ishonch telefoni:(71)230-4444
Subscribers
9.1K
Photos
4.6K
Videos
572
Links
3K
Recent Posts 10 shown
Post #6106 673
Ustozingiz aytgan qaysi gap hali ham yodingizda?

Bayram arafasida hamyurtlarimizga ana shu savol bilan murojaat qildik. Kimdir ustozining qattiqqo‘l tanbehini tabassum bilan eslasa, kimdir hayotiga yo‘l ko‘rsatgan samimiy o‘gitlarni, maslahatlarini yodga oldi.

💬 Sizning-chi, ustozingiz aytgan qaysi gap yodingizda qolgan? Izohlaringizni bu yerda bo‘lishing!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
  • 👍 1
Post #6105 1.31K
🏆 AloqaBank — «GBM Awards 2026» g‘olibi!

AloqaBank nufuzli GBM Awards: CEE, Central Asia & Türkiye 2026 tanlovida moliya institutlari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi obligatsiya bitimi» (Financial Institutions Senior Bond Deal of the Year – Overall) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Ushbu mukofot bankimiz tomonidan xalqaro bozorda ilk bor chiqarilgan yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilgani uchun taqdim etildi.

📊 Bitimning asosiy ko‘rsatkichlari:
• Emissiya hajmi: 300 mln AQSh dollari
• Muddati va sanasi: 5 yil (2026-yil, may)
• Format: Xalqaro obligatsiyalar (Reg S/144A Senior Unsecured Bond)
• Yetakchi tashkilotchilar: ADCB, Citi, FAB, Mashreq
• Xalqaro yuridik maslahatchilar: Dentons, White & Case
• Mahalliy yuridik maslahatchi: Kosta Legal

Mazkur bitim global moliya institutlarining bizga bo‘lgan yuqori ishonchini tasdiqlaydi hamda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha xalqaro hamkorlarimiz, investorlar va ushbu yutuq ortida turgan jamoamizni yuksak natija bilan tabriklaymiz! 🏆🇺🇿

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
  • 👍 4
  • 👏 1
Post #6099 1.54K
AloqaBank mahallalarda: aholi bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida

AloqaBank Boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan Urganch shahridagi mahallalarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda fuqarolar va tadbirkorlarning muammolari, bandlik masalalari hamda kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari bevosita joyida o‘rganildi.

Uchrashuv doirasida kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan xonadonlarga tashrif buyurildi. Oilalarning turmush sharoiti va daromad manbalari bilan yaqindan tanishildi, mehnatga layoqatli ishsiz a’zolariga doimiy va daromadli ish taklif qilindi.

Shuningdek, Urganch shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 108 mlrd so‘mlik 2 ta yirik investitsiya loyihasi ko‘rib chiqildi. Sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini qamrab oluvchi mazkur loyihalar doirasida qog‘ozni qayta ishlash hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada qariyb 900 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Muzokaralar natijasida loyihalarni moliyalashtirish hamda yaratiladigan ish o‘rinlariga birinchi navbatda kambag‘al oilalardagi ishsiz fuqarolarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

AloqaBank o‘ziga biriktirilgan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
  • ❤ 2
Post #6081 2.54K
🇺🇿 O‘ZBEKISTON — SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!

Samarqandda tarix yozildi! Yigitlarimiz 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida AQSh, Hindiston va Xitoy kabi gigantlarni ortda qoldirib, muddatidan oldin oltin medalni naqd qilishdi.

Chempionlik yo‘lida jamoa safida munosib o‘yin namoyish etgan Nodirbek Abdusattorovning hissasi alohida e’tiborga loyiq. Yosh grossmeyster yana bir bor O‘zbekiston shaxmat maktabining dunyo miqyosidagi salohiyatini namoyon etdi.

Ketma-ket uchta Olimpiada — uchta medal:
🥇 2022, Chennai — Oltin
🥉 2024, Budapesht — Bronza
🥇 2026, Samarqand — Oltin!

2022-yilgi g‘alaba tasodif emasligi o‘z uyimizda, butun dunyo ko‘z o‘ngida yana bir bor isbotlandi.

Oltin tarkib: Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov va jamoa sardori — Rustam Qosimjonov!

AloqaBank jamoasi chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan muborakbod etadi! 🏆👏

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
  • ❤ 11
  • 🔥 2
Post #6073 3.2K
Peshku tumanida ehtiyojmand oilalarning holati va yangi tadbirkorlik loyihalari joyida o‘rganildi

Hududlarda aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida AloqaBank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyati Peshku tumani mahallalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

Dastlab ishchi guruh a’zolari hududdagi ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari, daromad manbalari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi. Har bir oila kesimida uni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi tadbirkorlik loyihalari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida tuman mahallalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 3 ta loyihani AloqaBank tomonidan moliyalashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

*Loyihalar yo‘nalishlar kesimida quyidagicha:*

*▪️ Sanoat yo‘nalishi — 2 ta loyiha, umumiy qiymati 12,2 mlrd so‘m, 45 ta yangi ish o‘rni yaratiladi;*

*▪️ Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi — 1 ta loyiha, umumiy qiymati 1,5 mlrd so‘m, 4 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.*

Jami 13,7 mlrd so‘mlik ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida hududda 49 ta yangi doimiy ish o‘rni tashkil etiladi. Muhim jihati shundaki, yaratiladigan ish o‘rinlariga aynan o‘rganilgan ehtiyojmand oilalardagi ishsiz fuqarolarni ustuvor tartibda jalb etish belgilab olindi.

Mazkur tashabbus ehtiyojmand aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, tumanda bandlik darajasini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi davlat siyosatini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. AloqaBank hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini izchil davom ettiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
  • ❤ 4
Older posts →

About this channel

How can I read @aloqabank without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for AloqaBank: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does AloqaBank have?
AloqaBank (@aloqabank) has 9.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does AloqaBank know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →