AloqaBank mahallalarda: aholi bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida
AloqaBank Boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan Urganch shahridagi mahallalarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda fuqarolar va tadbirkorlarning muammolari, bandlik masalalari hamda kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari bevosita joyida o‘rganildi.
Uchrashuv doirasida kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan xonadonlarga tashrif buyurildi. Oilalarning turmush sharoiti va daromad manbalari bilan yaqindan tanishildi, mehnatga layoqatli ishsiz a’zolariga doimiy va daromadli ish taklif qilindi.
Shuningdek, Urganch shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 108 mlrd so‘mlik 2 ta yirik investitsiya loyihasi ko‘rib chiqildi. Sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini qamrab oluvchi mazkur loyihalar doirasida qog‘ozni qayta ishlash hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada qariyb 900 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Muzokaralar natijasida loyihalarni moliyalashtirish hamda yaratiladigan ish o‘rinlariga birinchi navbatda kambag‘al oilalardagi ishsiz fuqarolarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
AloqaBank o‘ziga biriktirilgan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Post #6099
1.73K






- ❤ 2