TGViewer
Channel Public Channel
AL MUAMALAT

AL MUAMALAT

@almuamalatuz

Al-Muamalat – Islom moliyasi bo‘yicha innovatsion yechimlar!
Treninglar, konsulting va global hamkorliklar orqali moliyaviy muvaffaqiyatga erishing!

🌐 www.al-muamalat.uz
📩 Bog‘lanish uchun: @bfayzullaev_al_muamalat
Subscribers
1.64K
Photos
319
Videos
23
Links
216
Recent Posts 15 shown
Post #565 750
AAOIFI CPSS imtihoni endilikda Rus tilida topshirish imkoniyati mavjud!

AAOIFI’ning CPSS (Certificate of Proficiency in Shari’ah Standards) professional malaka imtihonini endilikda rus tilida ham topshirish mumkin.

Shu munosabat bilan Al Muamalat Education rus tilidagi CPSS tayyorlov kursiga qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Mazkur malaka AAOIFI Shariat standartlarini tushunish va ularni islomiy moliya muassasalari faoliyatida amaliy qo‘llash bo‘yicha bilimlarni tasdiqlaydi. Kurs ishtirokchilari ushbu standartlarni tizimli o‘rganish hamda malaka imtihoniga rus tilida tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kurs va imtihonga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
✈️ Telegram: @almuamalat_education
📞 Telefon: +998 93 073 08 54

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram
| LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 5
  • ❤ 2
Post #561 891
Sukuk bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

Al Muamalat Consulting vakillari va “Toshkent” Respublika fond birjasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O‘zbekiston kapital bozorida sukuk instrumentlarini joriy etishning huquqiy va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

✅️ Muloqot davomida sukukni chiqarish va joylashtirishga oid umumiy yondashuvlar, bozor ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi hamda mazkur yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

✅️ Shuningdek, sukuk bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish va mahalliy bozor uchun qo‘llash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar sukuk bozorini rivojlantirish yuzasidan muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 6
  • ⚡ 2
  • 👏 2
Post #560 1.1K
Dunyodagi eng yirik 10 ta Islomiy bank

1963-yildagi Mit Ghamr tajribasidan boshlangan zamonaviy Islomiy banking bugungi kunda yuzlab milliard dollarlik yirik moliyaviy institutlarni shakllantirdi.

🏦 2025-yil yakunidagi jami aktivlar hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik Islomiy banklari:

🇸🇦 1. Al Rajhi Bank
💰 Aktivlari — ≈ $278.1 mlrd

Saudiya Arabistonida joylashgan Al Rajhi Bank bugungi kunda dunyodagi eng yirik Islomiy bank hisoblanadi. 2025-yil yakunida bank aktivlari 1 trillion Saudiya riyalidan oshdi.

🇰🇼 2. Kuwait Finance House — KFH
Aktivlari — ≈ $139.0 mlrd

1977-yilda tashkil etilgan KFH Quvaytdagi birinchi Islomiy bank bo‘lib, bugungi kunda xalqaro miqyosdagi yirik Islomiy moliya guruhiga aylangan. 2025-yilda uning aktivlari 16.5% ga o‘sdi.

🇦🇪 3. Dubai Islamic Bank — DIB
💰 Aktivlari — ≈ $113.3 mlrd

1975-yilda tashkil etilgan DIB zamonaviy tarixdagi birinchi to‘laqonli tijorat Islomiy banki sifatida tanilgan. 2025-yilda bank aktivlari 21% ga oshib, yangi rekord darajaga yetdi.

🇲🇾 4. Maybank Islamic
💰 Aktivlari — ≈ $84 mlrd

Maybank Islamic — Malayziya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik Islomiy banklardan biri. Maybankning 2025-yilgi hisobotida u aktivlar hajmi bo‘yicha dunyodagi 4-yirik Islomiy bank sifatida qayd etilgan.

🇸🇦 5. Alinma Bank
💰 Aktivlari — ≈ $83.0 mlrd

Saudiya Arabistonining yirik Islomiy banklaridan biri bo‘lgan Alinma Bank 2025-yilda aktivlarini 12.4% ga oshirdi. Moliyalashtirish portfeli esa qariyb $61 mlrd ekvivalentiga yetdi.

🇦🇪 6. Abu Dhabi Islamic Bank — ADIB
💰 Aktivlari — ≈ $76.5 mlrd

1997-yilda tashkil etilgan ADIB BAAning yetakchi Islomiy banklaridan biridir. 2025-yilda uning jami aktivlari 24% ga oshdi va bank 2 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatmoqda.

🇶🇦 7. Qatar Islamic Bank — QIB
💰 Aktivlari — ≈ $60.7 mlrd

1982-yilda tashkil etilgan QIB Qatarning birinchi Islomiy moliya instituti hisoblanadi. 2025-yilda bank aktivlari 10.1% ga o‘sdi.

🇶🇦 8. AlRayan Bank
💰 Aktivlari — ≈ $49.8 mlrd

AlRayan Bank Qatarning eng yirik Islomiy banklaridan biri bo‘lib, uning bugungi ko‘lami 2021-yilda Al Khaliji bilan amalga oshirilgan yirik birlashuvdan keyin sezilarli darajada kengaydi. 2025-yil yakunidagi jami aktivlari qariyb $50 mlrdni tashkil etdi.

🇸🇦 9. Bank Albilad
💰 Aktivlari — ≈ $46.1 mlrd

Bank Albilad Saudiya Arabistonidagi to‘liq Islomiy moliya tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi yirik banklardan biridir. 2025-yilda jami aktivlari 12% ga o‘sdi.

🇸🇦 10. AlJazira Bank
💰 Aktivlari — ≈ $44.2 mlrd

AlJazira Bank Saudiya Arabistonining uzoq tarixga ega Islomiy banklaridan biri. 2025-yilda bank aktivlari 11% ga oshib, moliyalashtirish portfeli ham sezilarli o‘sdi.

📌 Reytingda IsDB kabi xalqaro taraqqiyot institutlari hamda an’anaviy banklarning Islomiy “window”lari hisobga olinmagan. USD qiymatlari 2025-yil yakunidagi valyuta kurslari asosida taxminiy hisoblangan.


Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
  • 🤩 1
Post #559 1.4K
Islomiy banking qanday shakllandi?

Bugungi kunda Islomiy moliya global moliya tizimining muhim qismiga aylangan. Ammo zamonaviy Islomiy banking bir necha muhim tajriba va institutlar orqali bosqichma-bosqich shakllangan.

🇪🇬 1963 — Mit Ghamr tajribasi

1963-yilda Misrda Dr. Ahmad El-Naggar tashabbusi bilan Mit Ghamr shahrida foizsiz jamg‘arma va moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu model foizga asoslangan kreditlash o‘rniga jamg‘armalarni jalb qilish hamda mablag‘larni foyda taqsimotiga asoslangan shakllarda moliyalashtirishga harakat qildi.
Mit Ghamr zamonaviy Islomiy bankingning ilk amaliy tajribalaridan biri sifatida tarixga kirdi.

🇲🇾 1969 — Tabung Haji shakllandi

Malayziyada musulmonlarning Haj safari uchun mablag‘ jamg‘arishi va ushbu mablag‘larni Islomiy moliya tamoyillariga muvofiq investitsiya qilish tizimini rivojlantirish maqsadida Tabung Haji shakllantirildi.

Vaqt o‘tishi bilan u Haj xizmatlari, jamg‘arma va investitsiyalarni birlashtirgan yirik moliyaviy institutga aylandi.

Bugungi ko‘lami:

✅️ Jami aktivlari — ≈ $24.2 mlrd
✅️ Investitsiya aktivlari — ≈ $23.6 mlrd
✅️ Omonatchilar soni — 9.7 milliondan ortiq

🏦 1973–1975 — Islamic Development Bank (IsDB)

1973-yil dekabrda Jiddada musulmon mamlakatlari moliya vazirlari Islamic Development Bank — IsDBni tashkil etish bo‘yicha deklaratsiyani qabul qildilar.

1975-yilda bankning ilk Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi va 20-oktabr 1975-yilda IsDB rasman faoliyat boshladi.

IsDB oddiy tijorat banki emas. Uning vazifasi a’zo davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini Islomiy moliya tamoyillari asosida qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

🌐 Bugungi IsDB:

✅️ 57 ta a’zo davlat, jumladan O‘zbekiston
✅️ Bosh qarorgohi — Jidda, Saudiya Arabistoni
✅️ Obuna qilingan kapitali — ≈ $92.8 mlrd
✅️ Jami aktivlari — ≈ $43.8 mlrd

🇦🇪 1975 — Dubai Islamic Bank tashkil etildi

1975-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida Dubai Islamic Bank (DIB) tashkil etildi.
DIB zamonaviy tarixdagi birinchi to‘laqonli tijorat Islomiy banki sifatida keng e’tirof etiladi.

Bank Islomiy moliyani tajriba va jamg‘arma modelidan chakana banking, korporativ moliyalashtirish, depozitlar va investitsiya xizmatlarini qamrab oladigan to‘liq tijorat bank modeliga olib chiqishda muhim rol o‘ynadi.

2026-yil 30-iyun holatiga:
✅️ Jami aktivlari — ≈ $115.2 mlrd
✅️ Mijozlar depozitlari — ≈ $89.0 mlrd
✅️ Sof moliyalashtirish aktivlari — ≈ $76.5 mlrd

Bugungi kunda Dubai Islamic Bank dunyodagi eng yirik Islomiy banklardan biri hisoblanadi.

Bu tarixiy bosqichlar zamonaviy Islomiy moliyaning kichik tajribaviy modellardan milliardlab dollarlik xalqaro moliya tizimigacha rivojlanishiga asos soldi.

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 7
  • ❤ 3
  • ⚡ 2
  • 🤩 1
Post #558 1.04K
O‘zbekiston Islomiy moliya bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Markaziy banki Islomiy moliya sohasida Indoneziya va Buyuk Britaniya moliya institutlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🇮🇩 International Public Assets Management Forum doirasida Bank Indonesia delegatsiyasi bilan Islomiy bank faoliyatini rivojlantirish va regulyatorlar o‘rtasidagi professional hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🇬🇧 Londonda esa Markaziy bank va tijorat banklari vakillari TheCityUK Islamic Finance Advisory Group, London fond birjasi, HSBC, Gemcorp Capital hamda UK Export Finance bilan uchrashdi.

💼 Muzokaralarda Islomiy moliya vositalari orqali xalqaro kapital bozorlaridan mablag‘ jalb qilish, savdoni moliyalashtirish, O‘zbekistonda Islomiy bank faoliyati uchun yaratilgan huquqiy asoslar va sukukni joriy etish rejalari ko‘rib chiqildi.

📌 Mazkur muloqotlar orqali O‘zbekiston Indoneziyaning tartibga solish tajribasini o‘rganish hamda Buyuk Britaniya moliya bozori orqali xalqaro kapital jalb qilish yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda.

🔗 Manbalar: O‘zbekiston Markaziy banki — Bank Indonesia bilan uchrashuv | O‘zbekiston Markaziy banki — Londondagi muzokaralar

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 6
Post #557 1.38K
KASE Islomiy investitsiyalar uchun yangi skrining xizmatini ishga tushirdi

🇰🇿 Qozog‘iston fond birjasi — KASE qimmatli qog‘ozlarning Islomiy moliya talablariga muvofiqligini tekshirish imkonini beruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi.

📊 Skrining jarayoni uch bosqichdan iborat:

• sun’iy intellekt moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblaydi;
• mutaxassislar natijalarni tekshiradi;
• Islomiy moliya bo‘yicha nazorat kengashi yakuniy qarorni qabul qiladi.

⚖️ Baholash AAOIFI standartlari asosida amalga oshiriladi. Investorlar skrining natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri KASE sayti orqali ko‘rishlari mumkin.

Mazkur xizmat Markaziy Osiyoda Islomiy kapital bozorini rivojlantirish, investorlar uchun shaffoflikni oshirish va Islomiy investitsiya vositalarini tanlashni soddalashtirishga xizmat qiladi.

🔗 Manba: Qazinform

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!

Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 4
  • 👏 1
  • 🤩 1
Post #556 1.54K
HSBC sukuk fondi uchun funt sterlingdagi valyuta xataridan himoyalangan yangi ulushlarni taqdim etdi

🇬🇧 HSBC Asset Management o‘zining Global Sukuk UCITS ETF fondi uchun funt sterlingdagi valyuta xataridan himoyalangan yangi ulush sinflarini ishga tushirdi.

💷 Fond avval asosan AQSh dollaridagi ulushlarni taklif qilgan. Yangi mahsulot Buyuk Britaniyadagi pensiya jamg‘armalariga sukukka investitsiya qilishda funt sterling va dollar o‘rtasidagi valyuta tebranishlari ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.

⚖️ Valyuta xataridan himoyalash mexanizmi Islomiy moliyada qo‘llaniladigan wa’d — bir tomonlama va’da tuzilmasiga asoslangan.

📊 2026-yil iyun oyi yakunida fondning boshqaruvdagi aktivlari 547 million AQSh dollarini tashkil etgan. Funt sterlingdagi himoyalangan ETF ulushlarini London fond birjasida savdoga chiqarish yakuniy tartibga soluvchi ruxsatidan so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur yangilik sukuk bozorida valyuta xatarlarini Islomiy moliya talablariga muvofiq boshqarishga qaratilgan investitsiya mahsulotlari rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

🔗 Manba: ETF Express

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!

Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 2
Post #554 1.46K
Xalqaro sukuk bozori o‘sishda davom etmoqda

📊 Xalqaro sukuk bozori 2026-yilda faol o‘sishni davom ettirmoqda.

Fitch Ratings ma’lumotlariga ko‘ra, agentlik reyting bergan xalqaro valyutadagi sukuklarning muomaladagi hajmi 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunida 221 milliard dollardan oshib, yillik hisobda 13 foizga o‘sdi.

🇸🇦 Sukuk bozoriga investorlar qiziqishi yuqori ekanini Saudiya Arabistonining so‘nggi emissiyasi ham ko‘rsatdi.

Saudiya Arabistoni 2-sentabr kuni xalqaro bozorda ijara tuzilmasidagi sukuk orqali 3,25 milliard dollar jalb qildi. Investorlarning jami buyurtmalari esa qariyb 16,5 milliard dollarga yetib, taklif hajmidan 5 baravar oshdi.

Emissiya ikki qismdan iborat:
• 1,25 mlrd dollar — 5 yillik sukuk;
• 2 mlrd dollar — 10 yillik sukuk.

Shuningdek, Fitch reyting bergan xalqaro valyutadagi sukuklarning qariyb 82 foizi investitsion reytingga ega bo‘lib, 2026-yilning birinchi yarmida ular orasida defolt qayd etilmagan.

🇺🇿 O‘zbekiston ham suveren sukuk chiqarish dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, bu yo‘nalish kelgusida mamlakat korxonalariga 10 milliard dollargacha qo‘shimcha investitsiyalar jalb etishga turtki berishi kutilmoqda.


Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 4
  • ⚡ 1
Post #553 1.19K
O‘zbekistonda raqamli Islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish o‘rganilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Markaziy banki, Bank Negara Malaysia va Maybank vakillari raqamli Islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

📰 Uchrashuvda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishning turli modellari ustida fikr almashinib, texnologik infratuzilma bilan bir qatorda tegishli tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish muhimligi qayd etildi.

🤝 Tomonlar raqamli moliya va Islomiy moliya yo‘nalishlarida tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishni davom ettirishga kelishib olishdi.

🔗 CBU.UZ

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🤩 2
  • ⚡ 1
Post #552 1.4K
⚠️ Markaziy bank soxta litsenziyadan ogohlantirdi

Internetda Markaziy bank nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqatilayotgani aniqlandi.

Markaziy bank ma’lum qilishicha, hujjatda ko‘rsatilgan “BI-IZNILLAH ISLAMIC BANK” aksiyadorlik jamiyati amalda mavjud emas. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan mazkur tashkilotga bank faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday litsenziya berilmagan.

❗️Fuqarolar va tashkilotlarga bankning litsenziyasi mavjudligini oldindan tekshirish tavsiya etiladi.

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 8
Post #551 1.12K
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!

Muhtaram yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami - O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bu yilgi bayram “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya ostida nishonlanmoqda. Ushbu ezgu g‘oya xalqimizning birdamligi, bunyodkorlik salohiyati hamda farovon kelajak sari qat’iy intilishini ifodalaydi.

Mustaqillik - tinch va farovon hayotimiz, milliy qadriyatlarimiz, erkin taraqqiyotimiz hamda kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchimizning mustahkam poydevoridir.

Shu qutlug‘ kunda Vatanimizga tinchlik va ravnaq, xalqimizga farovonlik, har bir oilaga baxt-saodat va fayz-baraka tilaymiz. Yurtimizning taraqqiyot yo‘lidagi ulkan yutuqlari bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,
"Al Muamalat Consulting" jamoasi
🇺🇿

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • ❤ 6
  • 👍 2
  • 🎉 2
Post #550 1.25K
🇺🇿 Mustaqillik bayramiga maxsus taklif!

🎓 Talabalar uchun 35% chegirma!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Al Muamalat Education tomonidan tashkil etilayotgan AAOIFI CPSS kursiga talabalar uchun 35% chegirma e’lon qilinadi.

AAOIFI CPSS (Certificate of Proficiency in Shariah Standards) tayyorlov kursining yangi guruhi ochilmoqda.

📅 Boshlanish sanasi: 8-Sentabr
📅 Haftada: 3 kun (Seshanba, Payshanba va Shanba)
⏱ Vaqti: 19:00-21:00
📋Dastur davomiyligi: 60 soat
📖 Ta’lim tili: O'zbek tili
⏰ Format: Onlayn (jonli darslar va to‘liq yozib olingan materiallarga ko'rish imkoniyati bilan)

📚 Kurs doirasida:
• 30 ta tizimli dars
• 59 ta AAOIFI Shariat standartlari bo‘yicha batafsil tahlil
• Amaliy misollar va imtihon formatiga mos tayyorgarlik

CPSS — AAOIFI’ning Islomiy moliya standartlari talablarini to‘g‘ri tushunish, talqin qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishni istagan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan xalqaro sertifikat dasturidir.


🎁 Maxsus aksiya:
Mustaqillik bayrami munosabati bilan talabalar uchun 35% chegirma!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📩 Telegram: @almuamalat_education
📞 Telefon: +998 93 073 08 54

Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 🎉 6
  • 👍 4
  • ⚡ 2
  • 🤩 2
  • ❤ 1
Post #548 1.04K
SILK ROAD FINANCE & TECHNOLOGY FORUM 2026 | ISLOMIY MOLIYA

📋 Bugun Silk Road Finance & Technology Forum 2026 doirasida Islomiy moliyaga bag‘ishlangan maxsus kun bo‘lib o‘tdi.

🔂Kun davomida Islomiy moliya ekotizimini rivojlantirish, Islomiy moliya boshqaruvi va xalqaro standartlar, tartibga solish mexanizmlari, moliyaviy inklyuziya, Islomiy FinTech hamda investitsiyalarni jalb etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✨ Forumda Islamic Financial Services Board (IFSB), Bank Negara Malaysia, State Bank of Pakistan, IFAAS Group hamda boshqa yetakchi xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning yuqori darajadagi vakillari ishtirok etdi.

Forum O‘zbekistonda Islomiy moliyani rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, professional muloqotni kengaytirish va sohaning kelgusi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim platforma bo‘ldi.

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • 🎉 2
Post #545 1.35K
⚡️ Silk Road Finance & Technology Forum 2026 doirasida Islomiy moliyaga bag‘ishlangan kun boshlandi!

Bugungi sessiyalar Islomiy moliyani rivojlantirish, yangi imkoniyatlar va sohaning istiqbollariga bag‘ishlanadi.

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
  • 🤝 1
Post #541 980
SILK ROAD FINANCE & TECHNOLOGY FORUM 2026 DAVOM ETMOQDA

Forum doirasida Al Muamalat Consulting jamoasi regulatorlar, xalqaro va milliy ekspertlar hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Islomiy moliyani rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha fikr almashmoqda.

📈 Mazkur forum soha vakillarini bir maydonda birlashtirib, O‘zbekistonda Islomiy moliya ekotizimini yanada rivojlantirish uchun muhim professional muloqot maydoniga aylanmoqda.

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!


Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club
  • 👍 16
  • ❤ 4
  • ⚡ 3
  • 🎉 1
Older posts →

About this channel

How can I read @almuamalatuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for AL MUAMALAT: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does AL MUAMALAT have?
AL MUAMALAT (@almuamalatuz) has 1.64K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does AL MUAMALAT know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →