AAOIFI tashkilotining O‘zbekistondagi rasmiy vakili - Al Muamalat Consulting, AAOIFI sertifikatlari uchun tayyorgarlik kurslari hamda Islom moliyasida moliyaviy savodxonlik darslarini taklif etadi.
📩 @almuamalat_education
📞 +998902757782
Post #200
142
#ParallelIstisna
Parallel Istisna — ishlab chiqaruvchi boshqa, mijoz oldidagi javobgarlik esa bankda
Bank buyurtma asosida bino yoki uskuna yetkazib berish uchun o‘z zavodiga ega bo‘lishi shart emas. U ishlab chiqarishni boshqa korxonaga buyurtma qilishi mumkin.
Bunda ikkita alohida Istisna shartnomasi tuziladi.
🏗 Misol
Korxonaga maxsus uskuna kerak.
Birinchi shartnoma: bank korxonaga uskunani belgilangan xususiyatlarda 1,2 mlrd so‘mga yetkazib berishni zimmasiga oladi. Korxona to‘lovni kelishilgan jadval asosida amalga oshiradi.
Ikkinchi shartnoma: bank ishlab chiqaruvchiga shu xususiyatdagi uskunani 1 mlrd so‘mga tayyorlashni buyuradi.
Bu yerda bank:
🔂 mijoz oldida — yetkazib beruvchi;
🔂 ishlab chiqaruvchi oldida — buyurtmachi hisoblanadi.
200 mln so‘mlik narx farqi bankning boshqa xarajatlari hisobga olinmasidan oldingi farqdir. Bank shu bilan birga o‘z shartnomasidagi majburiyat va risklarni ham qabul qiladi.
Ikki shartnoma mustaqil bo‘lishi kerak
Bank mijoz bilan tuzgan shartnomasini ishlab chiqaruvchi bilan tuzgan shartnomasining bajarilishiga bog‘lay olmaydi.
❌ “Ishlab chiqaruvchi kechiksa, bizning sizga yetkazish majburiyatimiz ham avtomatik kechikadi”.
❌ “Zavod narxni oshirsa, siz ham ko‘proq to‘laysiz”.
💰 Ishlab chiqaruvchi bilan muammo yuzaga kelsa ham, bankning mijoz oldidagi majburiyati saqlanadi.
Bank ishlab chiqaruvchiga nisbatan o‘z shartnomasi bo‘yicha talab qo‘yishi mumkin. Ammo mijozni faqat ishlab chiqaruvchi bilan muammoni hal qilishga yo‘naltirib, o‘z javobgarligidan chiqib keta olmaydi.
Ishlab chiqarishni boshqaga topshirish har doim mumkinmi?
Agar mijoz mahsulotni aynan bankning o‘z imkoniyatlari bilan ishlab chiqarishni shart qilgan bo‘lsa, bank ushbu shartga rioya qilishi kerak.
Bunday cheklov bo‘lmasa, boshqa ishlab chiqaruvchini jalb qilish mumkin.
Xarajat oshishi yoki kamayishi kimga ta’sir qiladi?
Ishlab chiqaruvchi bankka chegirma bersa, bank bu chegirmani mijozga avtomatik o‘tkazishi shart emas.
Aksincha, bankning xarajati oshib ketsa, bu holatning o‘zi mijoz bilan kelishilgan narxni bir tomonlama oshirishga asos bo‘lmaydi.
Topshirishgacha riskni kim ko‘taradi?
Bank mijozga yetkazib beruvchi sifatida qatnashgani uchun mahsulot topshirilguncha unga tegishli mulkiy risk va xarajatlarni zimmasiga oladi.
Mahsulot xaridorga haqiqiy yoki hukmiy qabd orqali topshirilgach, riskning o‘tishi tegishli qoidalar asosida yuz beradi.
Kechikish uchun jarima belgilash mumkinmi?
Bu yerda ikki holat farqlanadi:
💰 Ishlab chiqaruvchi mahsulotni kech topshirsa, xaridorni qoplash uchun adolatli miqdordagi jarima shartini kelishish mumkin. Kechikish fors-major sababli yuz bergan bo‘lsa, ushbu jarima qo‘llanmaydi.
❌ Xaridor pul to‘lashni kechiktirsa, qarzni oshirib, sotuvchiga qo‘shimcha daromad beradigan jarima belgilash mumkin emas.
Demak, mahsulotni tayyorlab topshirish majburiyati bilan pul qarzini to‘lash majburiyatining hukmi bir xil emas.
Salamdan yana bir muhim farq
Salamda tovar yetkazish kechikishi uchun jarima sharti kiritilmaydi. Istisnada esa ishlab chiqaruvchining topshirishdagi kechikishi uchun yuqoridagi shartlar asosida jarima nazarda tutilishi mumkin.
💡 Parallel Istisnada bankning daromadi ikki shartnoma o‘rtasidagi narx farqi bilan bog‘liq, ammo bu daromad mijoz oldidagi real yetkazib berish majburiyati va javobgarlik bilan birga keladi.
Telegram | LinkedIn | Instagram | YouTube | Website | Education | Business club

Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!

- 👍 3
- ❤ 1