🔊 Anthropic kompaniyasi tezkor va kam xarajat talab qiladigan Claude Haiku 5.5 sun’iy intellekt modelini taqdim etdi. Model qisqa va takroriy vazifalarni bajarish, matnlarni umumlashtirish, ma’lumotlarni tasniflash hamda dasturlashdagi yordamchi jarayonlar uchun mo‘ljallangan.
Kompaniya e’lon qilgan natijalarga ko‘ra, Haiku 5.5 ayrim sinovlarda GPT-6 Luna’dan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Jumladan, OSWorld 2.1 testining oflayn qismida 72,4% natijaga erishgan, GPT-6 Luna esa 48,9% ko‘rsatgan. GDPval-AA v2.1 sinovida modellar mos ravishda 1620 va 1437 ball olgan.
🔖 Anthropic ma’lumotiga ko‘ra, yangi modeldan foydalanish xarajatlari Haiku 4.5 bilan taqqoslaganda o‘rtacha 75% ga kamaygan.
✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
