TGViewer
AIRI.uz AIRI.uz @airiuz · 3.9K subscribers
Post #4507 261
🤗 Sun’iy intellektni davlat boshqaruvida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi Turkiyada taqdim etildi

🌎 Turkiyada Astana Civil Service Hub (ACSH), Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Koreya Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) hamda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamkorligida o‘tkazilayotgan “Sun’iy intellektni amaliy boshqarish: amaliy qo‘llash holatlari, institutsional salohiyat, keng ko‘lamli innovatsiyalar va global hamkorlik” mavzusidagi mintaqalararo konferensiyada O‘zbekistonning sun’iy intellektni davlat boshqaruvida joriy etish va tartibga solish borasidagi tajribasi taqdim etildi.

📌Konferensiyaning ikkinchi kuni doirasida “Sun’iy intellektni amaliy boshqarish” mavzusidagi panelda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Anvarxodja Kadirov “O‘zbekistonning raqamli hukumati” mavzusidagi ma'ruzasida davlat boshqaruvini rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi jarayonlariga tatbiq etish hamda ushbu yo‘nalishda institutsional mexanizmlarni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.


🔘Tadbir davomida sun’iy intellektni boshqarishning amaliy mexanizmlari, institutsional salohiyatni rivojlantirish, innovatsion yechimlarni keng miqyosda joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

💬Konferensiya turli mamlakatlar vakillari va soha ekspertlari o‘rtasida tajriba almashish, sun’iy intellekt sohasidagi samarali boshqaruv yondashuvlarini muhokama qilish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun xalqaro muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

✅ Telegram  | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
  • 🔥 3
  • 👍 2
More from @airiuz
  1. Oct 13, 2026NVIDIA ovozli suhbat uchun ochiq PersonaPlex-7B modelini taqdim etdi NVIDIA kompaniyasi Pe…
  2. Oct 13, 2026Xitoyda sun’iy intellekt asosida yaratilgan virtual san’atkorga rasmiy identifikatsiya kar…
  3. Oct 13, 2026Microsoft Maia 300 sun’iy intellekt chipini taqdim etdi 📈 Microsoft o’zining uchinchi avl…
  4. Oct 12, 2026Institutda “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi 🤗 Bugun Raqamli texnologiyalar va su…
  5. Oct 9, 2026Anthropic Claude Haiku 5.5 modelini taqdim etdi 🔊 Anthropic kompaniyasi tezkor va kam xar…
  6. Oct 9, 2026📊 Veb-sayt orqali oylik unikal tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha top 50 ta sun’iy intel…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →