TGViewer
AIRI.uz AIRI.uz @airiuz · 3.9K subscribers
Post #4514 175

Forwarded from Digital.uz

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing!

🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🤩 1
More from @airiuz
  1. Oct 13, 2026Xitoyda sun’iy intellekt asosida yaratilgan virtual san’atkorga rasmiy identifikatsiya kar…
  2. Oct 13, 2026Microsoft Maia 300 sun’iy intellekt chipini taqdim etdi 📈 Microsoft o’zining uchinchi avl…
  3. Oct 12, 2026Institutda “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi 🤗 Bugun Raqamli texnologiyalar va su…
  4. Oct 9, 2026Anthropic Claude Haiku 5.5 modelini taqdim etdi 🔊 Anthropic kompaniyasi tezkor va kam xar…
  5. Oct 9, 2026📊 Veb-sayt orqali oylik unikal tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha top 50 ta sun’iy intel…
  6. Oct 9, 2026🟦🟦 📥 "Sun'iy intellekt: O'zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyat" mavzusi yurtimiznin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →